O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Texnologik sxemani tanlash va asoslash


Download 0.82 Mb.
bet3/21
Sana18.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1595574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Иномжонов М. диплом

Texnologik sxemani tanlash va asoslash

Zavodga olib keltirilgan don bo‘shatish maxsus mexanizmlar, o‘zi ag‘daruvchi mashinalar yoki qo‘l kuchi yordamida amalga oshiriladi. Siloslar soni zavod ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq holda o‘rnatiladi. Omborxonadagi siloslarga solinadigan don lozim bo‘lgan hollarda qo‘shimchalardan tozalanadi va quritiladi.


Saqlanayotgan donning harorati nazorat ostiga olinadi. Usti yopiq maydonlarda saqlanayotgan donda o‘z-o‘zidan qizish boshlanganda ular maxsus agregatlar yordamida ag‘dariladi (yoki bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiriladi) hamda qatlamining balandligi pasaytiriladi.
Zavodga keltirilgan barcha turdagi donlar changdan, tuproqdan, metall parchalari va boshqa qo‘shimchalardan tozalanadi. Solod tayyorlash uchun mo‘ljallangan don puch, singan va begona o‘simliklar urug‘laridan ham ajratiladi.
Tozalangan dondan trierlar yordamida singan donlar, yovvoyi o‘simliklarning mayda urug‘lari va o‘lchami katta bo‘lgan begona urug‘lar ajratiladi.
Donlarga suv-issiqlik ishlovi berishdan asosiy maqsad xom ashyo tarkibidagi kraxmalni solod amilolitik fermentlari yoki mikroorganizmlar ferment preparatlari yordamida qandlashtirishga tayyorlashdir. Qandlashtirish jarayoni kraxmal fermentlar ta’siri uchun qulay (ya’ni hujayra devori bilan himoyalanmagan) va eritilgan holatda bo‘lgandagina to‘liq va tez boradi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun butun xom ashyoga yuqori bosim ostida ishlov beriladi (spirt sanoatida pishirish deyiladi) yoki xom ashyo maxsus uskunalarda mexanik ravishda o‘ta yanchiladi yoki xom ashyo zarrachalari o‘lchami ma’lum o‘lchamgacha yanchilgandan so‘ng bosim ostida pishiriladi (usul qo‘shma usul ham deyiladi).
Ishlab chiqarishda qo‘shma usul keng tarqalgan. Ushbu usulda xom ashyo zarrachalarining o‘lchami 1-1,5 mm bo‘lguncha eziladi, so‘ngra pishiriladi. Bunda butun xom ashyoni yuqori bosim ostida pishirilishga nisbatan harorat va jarayon davomiyligi kamroq bo‘ladi (ya’ni rejim «engil»). Pishirilgan va ezilgan xom ashyoni puflashda bosimlar farqi tufayli titilish yuz beradi va pishgan massa bir xil jinsli holatga keladi. Qo‘shma usulni amalga oshirishda xom ashyoni ezish uchun kam energiya talab qilinadi, pishirishda ham rejim «engilligi» tufayli bijg‘itiladigan qandlar yo‘qotilishi minimumga intiladi.
Kraxmal saqlovchi xom ashyoni pishirishda uning tarkibiga kiruvchi kraxmal, oqsillar va sellyuloza bo‘kadi. Bo‘kish deb qattiq polimerning suyuqlikni yutishi hisobiga hajmining oshishiga aytiladi. Bo‘kish darajasi ko‘p jihatdan haroratga bog‘liq. Masalan, makkajo‘xori kraxmali 55oC dan past haroratda umuman bo‘kmasa, 80oC da birlamchi hajmiga nisbatan 25 va undan ortiq marta bo‘kadi, 120oC da esa kraxmal donlari strukturasi buziladi. Arpa 80oC haroratda 10 soat ichida bo‘ksa, 100oC da 2 soatda bo‘kadi.
Aralashtirgichlfrga harorati 50-55oC bo‘lgan suv beriladi (xom ashyoning kraxmalliligiga bog‘liq holda 1 kg xom ashyoga 2,5-3,5 l).
Kontaktli qizdirish qurilmasida massa 65-70oC gacha qizdirilib birinchi raqamli gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasiga, u erdan ikkinchi raqamli gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasi ga kiritiladi. Gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasida pishirilayotgan massa 3-4 soat davomida bo‘ladi. Bu vaqt ichida muhitga kiritilgan α-amilazaning 80-85 %-i o‘z faolligini saqlab qoladi.
Achitqilarning achitqi biogeneratorida va engil bijg‘uvchi uskunalarida ko‘payishi 14-16 soat davom etadi. Sharbatning kislotaliligi achitqi o‘stiruvchi uskunada 0,9-1,2º va engil bijg‘uvchi uskunada 0,5-0,6º gacha sulfat kislotasi eritmasidan qo‘shish bilan ko‘tariladi. Ko‘payishning butun davomatida achitqi hujayralarining konsentratsiyasi achitqi biogeneratorida 20-25 dan 80-100 mln/ml gacha ortadi.
Agar o‘rtacha sifatli xom ashyo qayta ishlanayotgan bo‘lsa, ishlab chiqarish achitqilari sifatida odatda oqim bo‘yicha birinchi bijg‘ish uskunasidan olingan bijg‘iyotgan sharbatdan foydalanadi. Bu sharbatning saxarometr bo‘yicha ko‘rinadigan zichligi 8-10 % ni tashkil etishi lozim.
Spirtni ajratib olish uchun bilvosita ishlovchi bragorektifikatsion qurilmani tanlab oldik.
Brajkahaydash kolonnasida 23 ta bir qalpoqli ikki marta qaynatuvchi tarelka o‘rnatilgan bo‘lib, ular orasidagi masofa 280-340 mm ni tashkil etadi. Ayrim hollarda 24 ta elakli tarelka o‘rnatilib, ular orasidagi masofa 500-550 mm ga teng bo‘ladi. Ishlab chiqarish quvvati bir kecha-kunduzda 3000 dal va undan ortiq bo‘lgan zavodlar brajkahaydash kolonnalarida elakli tarelka o‘rnatiladi.
Epyuratsiya kolonnalarida esa zavodning ishlab chiqarish quvvatidan qat’iy nazar 39-40 ta ko‘p qalpoqli tarelka o‘rnatiladi va ular orasidagi masofa 170 mm tashkil etadi. Kolonnani ozuqlantirish pastdan sanalganda 20, 27 yoki 30-tarelkadan amalga oshiriladi.
Kolonnalar yopiq yoki ochiq (mos ravishda o‘tkir va o‘tmas) bug‘ bilan isitiladi. Kolonnani ochiq usulda isitish, odatda, melassani qayta ishlovchi zavodlarda ko‘proq foydalaniladi. Hamma kolonnalar ulardan chiqayotgan bug‘ni kondensatsiyalash uchun xizmat qiladigan issiqlik almashinish uskunalari bilan ta’minlangan. Brajkahaydash kolonnasidan chiqayotgan spirt-suv bug‘i ko‘pik va tomchilarni ushlab qolish uchun separator-saqlagichdan o‘tkaziladi (ayrim hollarda separator kolonna ichida ham o‘rnatiladi) va bo‘tqani qizdirib beruvchi issiqlik almashinish uskunasida kondensatsiyalanadi. Bug‘ning kondensatsiyalanmagan qismi qo‘shimcha o‘rnatilgan kondensator ichidagi quvur bo‘ylab harakatlanuvchi suv yordamida kondensatsiyalanadi. Brajkadistillyati epyuratsion kolonnani ozuqlantirishga yuboriladi.
Epyuratsiya kolonnasidan chiqayotgan bug‘ suvga o‘z issiqligini berish tufayli deflegmator va kondensatorda kondensatsiyalanadi. Kondensatorda kondensatsiyalangan bug‘da bosh va oxirgi qo‘shimchalar konsentratsiyasi yuqori bo‘lganligi sababli bosh fraksiya (BF) deb nomlanadi.
Bosh qo‘shimchalardan to‘liq va oxirgi qo‘shimchalardan qisman tozalangan brajkadistillyati epyurat deb nomlanadi. Epyurat deflegmator va kondensator bilan ta’minlangan spirt kolonnasini ozuqlantirishga yuboriladi: spirt kolonnasidan chiqayotgan bug‘ning asosiy massasi deflegmatorda kondensatsiyalanadi va pasterizatsiyalanmagan spirt ko‘rinishida epyuratsion kolonnaning yuqorisiga yuboriladi. Ushbu kondensat bilan spirt kolonnasining pasterizatsiyalash qismida (rektifikatlangan spirt olish joyidan yuqori qismi) yig‘ilib konsentratsiyalangan bosh va oxirgi qo‘shimchalar bartaraf qilinadi. Spirt kolonnasidan chiqayotgan bug‘lar kondensatsiyasi issiqlikni suvga berish hisobida amalga oshiriladi.
Zamonaviy bo‘tqarektifikatsiyalash uskunalari batamom zanglamaydigan po‘latdan (X18N10T) tayyorlanmoqda. Brajkaqizdirgich, deflegmator, kondensator, qaynatgich, aksariyat holatlarda spirt sovutgichlari g‘ilof-quvurli issiqlik almashtirish uskunasi shaklida tayyorlanadi.
Bo‘tqarektifikatsiyalash uskunalari izolatsiyalangan alohida binoda joylashtiriladi. Uskunalar to‘rt qavatli binoda o‘rnatiladi. 4,8-6 metr balandlikda ishchi ish joyi bo‘lib, bu erda hamma nazorat-boshqarish qurilmalari va avtomatlari o‘rnatiladi. 16-18 metr balandlikda brajkaqizdirgich, deflegmatorlar, kondensatorlar, SO2 separatori va spirt ushlagich o‘rnatiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling