Nazariy qism]


Elektr pechlarda po’lat eritib olish


Download 0.69 Mb.
bet12/23
Sana14.03.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1268121
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
DSP nazariy

Elektr pechlarda po’lat eritib olish
Asosiy yoy pechlarda oksidlab po’lat eritib olish texnalogiyasi
Temirdagi uglerod, Mn, Si, Cr va bir qancha boshqa elementlar bilan birga qattiq eritmasi po’lat deb ataladi. Ba’zi bir elementlar po’lat tarkibiga ularni mexanik va fizik xossalarini yaxshilash uchun ularda nuqsonlarni paydo bo’lmasligi uchun qo’shiladi.
Bunday elementlarga C, Mn, Si, Cr, Ni, W, Mo, V, va boshqalar kiradi.
Po’latda doimo ma’lum miqdorda zararli qo’shimchalar bo’ladi: P, S, O2, H2, va N2. Bu qo’shimchalar pech atmosferasidan va shixta materillardan po’latga kelib tushadi.
ГОСТ bo’yicha po’latlarni harf sonli belgilash tizimi qabul qilingan. Ligerlangan elementlar quyidagi harflar bilan belgilanadi:
Г- marganes, Е-kremniy, X- xrom, H- nikel, M- molibden, B- volfram, Ф- vanadiy, K- kobalt, Ю- alyuminiy, T- titan, P- bor, Б- neobiy.
Birinchi harf oldiga qo’yilgan son o’nli yoki yuzli foizlarda uglerodning o’rtacha qiymatini belgilaydi. Harflar po’latninig qaysi element bilan ligerlanganini ko’rsatadi.
Har bir harfdan keyin ko’rsatilgan sonlar po’latdagi ligerlangan elementlar miqdorini foizlarda ko’rsatilgan bo’ladi.
Ligerlangan element miqdori bir yoki undan kam % bo’lsa belgilangan harfdan so’ng son tashlab qoldiriladi. Marka oxiridagi A harfi fosfor va oltingugurt miqdorini ko’rsatib, bu po’latlarga yuqori talablar qo’yilishini uqtiradi. Bu po’latlarda S va P miqdori ruxsat etilgan eng kam miqdor bo’yicha 0,025 % ni tashkil etadi.
Agar oxirida A harfi tushib qolgan bo’lsa, ligerlangan po’latda P va S miqdori 0,035 % gacha bo’lishi ruxsat etiladi.
Po’lat eritish texnologiyasining ko’p turlari mavjud. Ular bir-biridan qo’llaniladigan agregatlari bilan farqlanadi. ( elektr yoy pech, induksion pech ).
Qo’llaniladigan futerovkasi bo’yicha (nordon va ) ga bo’linadi. Erish jarayoni bosqichlari ketma-ketligi turlariga qarab ham bo’linadi.
U yoki bu texnologiya bo’lishidan qat’i nazar, po’latga qo’yiladigan talablar, qo’llaniladigan shixta materiallar tavsifi, texnik-iqtisodiy mulohazalar shundayligicha qoladi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling