Nazariy qism]


Download 0.69 Mb.
bet14/23
Sana14.03.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1268121
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
DSP nazariy

Shixtani erishi.
Shixta erishini albatta tulatish kerak.
Hozirgi zamon yoy pechlarida pech korpusida aylantiruvchi moslama o’rnatilgan. Pechni yoqishdan oldin uni ishchi oynasini normal holatdan 400 burchakka og’diriladi. Shixta ozroq erigan, elektrodlar tagidagi qopqoq ko’tariladi va elektrodlar pech korpusiga qarama-qarshi tomonga 800 buriladi. Bu usulda eritilganda elektr yoy to’xtovsiz ta’sir etgan zona ko’payadi, bu “ko’priklar” yakson qiladi va shixta erish sharoitini yaxshilaydi.
Suyuq metallga kislorod purkab erish davrini qisqartirish mumkin. Uchinchi va to’rtinchi shixta erigandan so’ng suyuq vanna hosil bo’ladi va unga kislorod yuboriladi. Fe, Mn, Si va boshqa metallar gazli kislorod bilan katta issiqlik chiqaradi va bunda qattiq qoldiqlar erishi tezlashadi. Bu usulda kislorod purkalganda erish davri 10-20 minutda qisqaradi, kislorod sarfi esa 5-10 m3/t ni tashkil etadi.
Shixta erish jarayonida, elektr yoy ta’sirida metall qisman bug’lanadi. Taxminan 2-3% bug’lanadi deb qabul qilsa bo’ladi. Qanchaga kislorod purkalganda metall bug’lanishi ortadi. Metall bilan kislorod ta’sir etgan zonalarda katta issiqlik ajralib chiqadi va u metall ustki qavatini qizishiga olib keladi. Bu joylarda metall harorati 2000 0C dan oshadi. Bu harorat metall bug’lanishini va undagi qo’shimchalarni bug’lanishini oshiradi. Temir va boshqa elementlar parlari metall qalinligidan ko’tarilgach, qisman kondensatsiyalanadi, oz miqdorda atmosferaga chiqib bu yerda oksidlanadi.
Metallga kislorod purkalganda pechdan chiqayotgan quchoq-qo’ng’ir tutunga sabab shu deb ko’rsatiladi.
Eritishning oksidlash davri va erish davri materiallarning fizik-kimyoviy tavsifi.
Tayyor po’lat tarkibida ruxsat etiladigan shixta qo’shimchalarning bir qator mavjud bo’lishi ustunlik qiladi. Erish jarayonida bu qo’shimchalarning ortiqcha miqdori metaldan oksidlab ajratiladi. Erish davrida oksidlanish jarayoni boradi, eritma mahsulot hosil bo’lishda ham oksidlash jarayoni boradi.
Eritish jarayoni metall erishi eng uzun davr hisoblanadi, shuning uchun bu davrda po’latda mavjud bo’lgan zararli qo’shimchalardan maksimal ravishda ajratishga harakat qilinadi, asosan fosfordan erishning oksidlash davrida hamma oksidlash reaksiyalar tugatiladi, po’latdan gazlar ajratiladi va metall kerakli haroratgacha qizdiriladi.
Oksidlash jarayonini boshqarish uchun, ularga mos ravishda reaksiya borishini albatta bilish kerak.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling