Nazariy qism]


Download 0.69 Mb.
bet22/23
Sana14.03.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1268121
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
DSP nazariy

12-rasm. 1600 0C da elementlarning nordonlash qobiliyati bilan konsentratsiya orasidagi bog’liqlik.
Nordonlash elementlar konsentratsiyasi.
Harorat pasayishi bilan elementning nordonlash qobiliyati kuchayadi, ya’ni metallda kislorod miqdori kamayadi. Taxminan alyuminiy va kremniy uchun po’latda harorat 50 0C ga kamayganda, kislorodning muvozanat konsentratsiyasi 2 barobarga kamayadi.
Erishning tiklanish davrida shlak nordonlashuvi.
Shlak hosil qiluvchilar erib ketgandan so’ng, pechda shlak hosil bo’ladi. Shlak tarkibi quyidagicha: %
50-55 CaO 4-8 Al2O3
46 CaF2 3-43 FeO
12-15 SiO2 2-3 MnO
6-8 MgO.
Bu tarkibdagi shlak yuzasiga uglerodli va kremniyli tiklovchilar yuklatiladi. Bu yerda FeO tiklanishi quyidagi reaksiya bilan boradi:
[FeO] + C = [Fe] +CO
(FeO
Analogik reaksiyalarda marganes va xrom oksidlari tiklanadi.
Shlak sovuganda oq kukun bo’lib sochiladi. Bu shuni ko’rsatadiki, bu yerda Fe, Mn va Cr oksidlari kam. Yuqori haroratli zonalarda elektr yoy ostida kalsiy oksid tiklanishi quyidagi reaksiya bilan boradi.
(CaO) +
Hosil bo’lgan kalsiy karbid shlakning butun massasi bo’ylab diffuziya bo’ladi. Karbid kalsiyni oq shlakdagi miqdori unchalik ko’p emas, odatda 0,5% gacha bo’ladi.
Maydalangan koks miqdori ortishi bilan nordonlashga uzatilgan shlak kalsiy karbid miqdorini 1,5-2,0 % gacha oshiradi. Bu shlaklar karbidli shlaklar deb ataladi. Bu shlaklar havoda sovuganda kulrangga kiradi, havodagi namlik bilan bu shlak ta’sirlansa, ajralib chiqadi. Erishning tiklanish davri shlaki quyidagi tarkibga ega % larda:

55-65 (CaO + CaF2) <0,5 FeO


7-12 MgO <0,5 MnO
5-10 Al2O3 <0,3 Cr2O3
<0,5 CuF2
Erishning tiklash jarayoni davrining fizik-kimyoviy tavsiflari.
Oksidlash davri tugashida po’latda ma’lum miqdorda uglerod va kislorod bo’ladi.
Agar bu po’latda nordonlashtiruvchilar qo’shmasdan quyib olinsa, po’lat qotishi davrida uglerod bilan kislorod o’zaro ta’sirlashadi, bunda hosil bo’lgan CO qisman atmosferaga chiqadi. Lekin qolgan CO po’lat tarkibida pufakchalar shaklida qoladi. Quymalarda pufaklar bo’lmasligini oldini olish uchun uning tarkibiga shunday elementlarni qo’shish kerakki, po’lat qotish davrida ular ugleroddan ko’ra kislorodga vosita bo’lib xizmat qilsin. Nordonlashtirishni amalga oshiruvchi eng keng tarqalgan element kremniy bilan alyuminiy hisoblanadi. Po’lat tarkibiga 0,18-0,23 % kremniy kirgizish quymalarda CO pufaklari hosil bo’lishi oldini oladi. po’lat pechdan chiqishidan oldin 0,04-0,1 % alyuminiy ham pechga kiritiladi.
Po’lat tarkibiga marganes oltingugurtning zararli ta’sirini kamaytirish uchun kiritiladi. Po’lat nordonlashtirishda marganes ham ishtirok etadi. Agar po’lat tarkibida nordonlashtiruvchi elementlar yetarli miqdorda bo’lsa, CO pufaklari hosil bo’lmaydi.
Suyuq po’lat tarkibida kislorod erigan holda bo’ladi va u nordonlashtiruvchi elementlar bilan ta’sirlashadi. Bunda turli oksidlar, (MnO, SiO2, Al2O3 va boshqalar) hosil bo’ladi. Bu oksidlar po’latdan pechdaligidayoq kabelda, po’lat qotishida ajralib chiqadi. Suyuq metall bilan birga metall quyiladigan maxsus qolipga kelib turgan oksidlar, shuningdek po’lat kristallanishida hosil bo’lgan oksidlar qisman metallmas holda metall quymalarda qoladi, qisman ustiga sizib chiqadi. Metallmaslarning po’latda bo’lishi ularning xossasini yomonlashtiradi, shuning uchun nordonlash shunday bo’lishi kerakki, u zararli ta’sirlarni kamaytirishi va metallmaslar miqdorini kamaytirish kerak.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling