Nazariy qism]


Xrom, vanadiy va volfram oksidlanishi


Download 0.69 Mb.
bet19/23
Sana14.03.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1268121
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
DSP nazariy

Xrom, vanadiy va volfram oksidlanishi.

Xrom quyidagi reaksiyalar bo’yicha kislotali yoki asosli qilib oksidlanadi:


[Cr]+(FeO)=(CrO)+[Fe] (1)
2[Cr]+3(FeO)=(Cr2O3)+3[Fe] (2)
birinchi reaksiya uchun:

bu yerda (Cr) shlak tarkibidagi kislotali oksid ko’rinishida va asosli oksid ko’rinishidagi xromning miqdori. Xromning shlak va metall orasidagi taqsimlanishi koeffitsienti shlak tarkibidagi FeO konsentratsiyasiga proporsional.

asosli shlak ostida 1600 oC po’lat eritish paytida proporsionallik koeffitsienti 0,5 ga yaqin. Kislotali shlak asosida po’lat eritishda 0,4 ga yaqin bo’ladi. Xrom oksidlanishdagi haroratning ta’sirini quyidagi ifodalash mumkin. Haroratning har 100oC ga oshishi taqsimlanishkoeffitsientini 2-3 marotaba oshiradi.
Vanadiy ham xrom kabi kislotali yoki asosli oksid hosil qilib oksidlanadi. Shlak va metall orasidagi taqsimlanish koeffitsienti shlak tarkibidagi FeO konsentratsiyasiga bog’liq.





10-rasm. Vanadiy taqsimlanish koeffitsientining shlak tarkibidagi FeO ga bog’liqligi.
1 – kislotali shlak
2 – asosli shlak.
10-rasmdan ko’rinib turibdiki, asosli shlak ostida vanadiyning oksidlanishi, kislotali shlak ostida oksidlanishiga nisbatan to’liqroq o’tadi.
Bu shu narsani bildiradiki, ya’ni asosli shlaklarda vanadiy oksidlari aktivligi yuqoridir. Asosli shlaklarda vanadiy oksidi CaO bilan turg’un kimyoviy birikma hosil bo’ladi. Bu hol vanadiy oksidi aktivligini kamaytiradi.
Volfram oksidlanishi vorfram oksidlanishi bilan sodir bo’ladi:
W+3(FeO)=(WO3)+3[Fe]
Shlak tarkibida FeO miqdori qancha kam bo’lsa shuncha volfram oksidlanishi to’liqroq bo’ladi.
Volframning to’liq oksidlanishiga katta ta’sir qiladigan hol, bu shlakning asosligidir. Asosligi qancha yuqori bo’lsa, shuncha N oksidlanishi to’liq bo’ladi. Bu quyidagicha tushuniladi, ya’ni WO3, shlakdagi CaO bilan o’zaro ta’sirlashib quyidagi birikmani hosil qiladi:
CaO+WO3=CaO*WO3
Qancha shlakning asosligi yuqori bo’lsa, shunchalik volfram oksidi shlak tarkibidagi CaO bilan mustahkam bog’ hosil qiladi va to’liq W ning oksidlanishi sodir bo’ladi.
Bir necha bog’larda qachonki W oksidlanish darajasini kamaytirish kerak bo’lsa, unda po’latni eritish asosli shlak ostida olib boriladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling