Nazariy qism]


Yoyli pechlarning issiqlik xarakteristikasi


Download 0.69 Mb.
bet10/23
Sana14.03.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1268121
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
DSP nazariy

Yoyli pechlarning issiqlik xarakteristikasi.
Issiqlik xususiyati sifatida pech devorlarining ichki yuzasi haroratining shlak haroratidan ancha yuqoriligi va uning quvvati, issiqlik qanchalik yo’qotilishi ko’rib chiqiladi.
Pech ichki yuzasi harorati bir tomondan pech quvvati va kuchlanishga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan pech ishchi fazasida issiqlik almashish xusuyatlariga bog’liq.
Bundan tashqari u metall va shlak haroratlariga bog’liq bo’ladi va yoyli pechning texnologik ishlash rejimiga ham bog’liqdir.
Issiqlik yo’qolish quvvatiga qarab yoyli pech ishlash rejimini aniqlash imkoni mavjud hamda metallurgik agregat issiqligi kabi pechning mukammallik darajasini aniqlash mumkin. Yoyli pech ishchi fazasida issiqlik almashinish ayrim bir qator eritish davrida pechga elektr energiya berish va undagi shixta metall, shlak holatlariga bog’liq holda keskin o’zgarib ketadi. Dastlabki eritishdan so’ng tok o’chiriladi. Shu tufayli pech ishchi yuzasi harorati dastlab tez tushishi kuzatiladi, so’ngra bu hol sekinlashadi. Pechga shixta yuklash paytida, shixtaning haroratidan pech devorlari harorati yuqori bo’ladi. Buning oqibatida futerovka o’zining issiqligini qismini shixtaga berishi kuzatiladi. Bu jarayon dastlab shixtalarni erishi kuzatiladi bu hol, to ularning harorati tenglashmaguncha davom etadi.
O’rtacha issiqlik yo’qotish quvvati bog’ligi uchun taxminan quyidagi ifodadan foydalaniladi:
PI.Yu.=A G0,5
Bu yerda: A – kichkina pechlar uchun 250 kVt va katta pechlar uchun esa 400 kVt ni tashkil qiladi.
Yoyli pechlarda issiqlik yo’qotilishi, elektr energiya yo’qotilishi va ular qiymatlari, pechning ishchi fazasi konstruksiyasiga uning sig’imiga va asosan eritishda issiqlik jarayonlariga bog’liq. Kichik sig’imli pechlar uchun bu qiymat 45, katta sig’imli pechlar uchun esa 30 % ga yaqin tashkil qiladi. Agarda bu qiymatlarni umumiy issiqlik kelishini inobatga olganda (ekzotermik jarayonlar va materiallarning fizik issiqligi) unda taxminan 40 va 25 %ni tashkil qiladi.
Pechning tegishli qismlari bo’yicha issiqlik yo’qotilishi quyidagicha taqsimlanadi(birinchi qiymatlar kichik pechlar uchun, ikkinchisi esa katta pechlar uchun) %.
Sovutuvchi suvlar bilan 6 – 10
Chiqib ketuvchi gazlar bilan 8 – 12
Pechning tashqi yuzasi bo’ylab 4 – 6
Pechni ochish va svod orqali 4 – 6
Ishchi oyna orqali 1 – 2
Elektrodlar yuzasi orqali 2 – 4

Pechda issiqlik yo’qotilishi, futerovkalarning yemirilishi, eskirishi oqibatida oshadi. Shu tufayli ortiqcha elektr sarfiga olib keladi.




Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling