Yuqoridagi vaziyatni tahlil etgan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin:
Birinchidan, voyaga yetmagan fuqaro F. tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishni JK 277-moddasiga muvofiq bezorilik ekanligi ma’lum bo’ldi. Va shuning uchun ushbu vaziyatni JK 277-moddasiga asosan kvalifikatsiya qilish lozim.
Ikkinchidan, fuqaro F. ni voyaga yetmaganligini hisobga olib, “Voyaga yetmaganlar javobgarligi to’g’risidagi” Oliy Sud Plenium qaroriga asosan aybdorga nisbatan JK 277-moddasi bilan jazo tayinlamay, balki JK 82-85-moddalari asosida jazo tayinlash o’rinli bo’ladi.
Uchinchidan, JK 87-90-moddalari asosida voyaga yetmagan fuqaro F. ga nisbatan uning voyaga yetmaganligini hisobga olib javobgarlikdan ozod qilish masalasini ko’rib chiqish lozim. Va unga nisbtan JK 88-moddasidagi majburlov choralaridan birini qo’llab javobgarlikdan ozod qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |