Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet132/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Glossariy
Adabiy til − tarixan tarkib topgan, qat’iy me’yorlarga bo‘ysunuvchi, so‘zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat’i nazar barchasi uchun umumiy bo‘lgan til
Ajratilgan bo‘lak − gapda o`zidan oldin kelgan bo`lakni izohlab kelgan birlik
Alifbo − muayyan tartibda joylashtirilgan harflar tizimi
Aniqlanmish − aniqlovchi bog`langan bo`lak
Aniqlovchi − gapda biror bo`lakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga qarashliligini bildiruvchi bo`lak
Antonim – zid ma’noli so`zlar
Antroponim − shaxs va ularga qo‘yilgan nomlar
Argo − ma’lum ijtimoiy guruh doirasidagina ishlatiladigan so‘zlar
Asos(yetakchi morfema) − so`zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo`llana oladigan qismi
Atama, termin − ilm-fan, texnika, san’atga xos so`zlar
Atoqli ot − bir turdagi predmetlardan bittasini ajratib ko`rsatuvchi. shaxs, narsa yoki joyga atab qo`yilgan otlar
Atov gap − so'zlovchi ko'z o'ngida biror voqea- hodisani, narsa-buyum yoki davrni jonli gavdalantirishga, uning xotirasida yoki xayolida ular bilan aloqador bo'lgan voqea-hodisalarni tiklashga xizmat qiluvchi muhim tasviriy vosita
Arxaik so`zlar − hozirda mavjud bo`lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari
Bobo til − boshqa tillarning yaratilishi uchun asos bo`lib, o`zi iste’moldan chiqqan til.
Bog‘lama − Kesim bilan egani bog'lashda xizmat qiluvchi so'zlar
Boglovchi − Gapning uyushiq bo`laklari va qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o`zaro bog`lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so`zlar
Bo'g'in − bir havo zarbi bilan aytiluvchi tovush yoki tovushlar yig`indisi
Dialektizm – snevaga xos so`zlar, ma’lum bir hududda yashovchi kishilar uhungina tushunarli bo`lgan so`zlar.
Dominanta – sinonimik qatordagi asosiy so`z.
Egali gap − gapning grammatik asosi ega va kesimdan iborat bo`lgan gap.
Egalik qo‘shimchasi − ismlarga qo`shilib asos qismida ifodalangan narsaning belgisini, xusiyatini, harakat-holatini uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo`shimchalar
Egasi yashiringan gap – gapning kesimi orqali egaga ishora qilinadigan gap.
Egasiz gap – umuman egasi bo`lmaydigan gap.
Eski turkiy til – XI asrdan boshlab shakllangan til
Eski o`zbek tili – XII-XIII asrdan XX asr boshlarigacha amalda bo`lgan til
Etimologiya – so`zlarning kelib chiqishi bilan shug`ullahadigan fan sohasi.
Fe’l − ish-harakat va holatni atab kelgan so`z turkumi
Fe’l kesim − fe'lning turli shakllari orqali ifodalangan kesim
Fonema − bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so'z va uning ma'noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatdan boshqa mayda bo'lakka bo'linmaydigan eng kichik til birligi
Fon (allofon) − fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko'rinishi – tovush
Gidronim − suv havzalari inshootlari va ularga atab qo‘yilgan nomlar
Grammatik ma’no − so`zning atash ma’nosiga qo`shimcha ma’no bo`lib, bir turkum so`zlar uchun umumiy ma’no
Harf − tovushning yozuvdagi ifodasi
Havola bo‘lak – ergash gap orqali izohlangan bo`lak
Hokim bo‘lak – tobe bo`lak tomonidan ma’nosi izohlanayotgan bo`lak.
Ibora – ma’nosi bir so`zga teng keladigan, ko`chma ma’nodagi so`zlar turg`n birikma.
Inversiya – gap bo`laklarining o`rin almashishi
Istorizm − hozirda mavjud bo`lmagan narsa-hodisalarning iste’moldan butunlay chiqib ketgan nomlari
Ichki manba − tilning o`z ichki imkoniyatlari asosida, ya’ni yangi so`z yasash yoki shevalardan so`z olish orqali tilning lug`at tarkibini boyituvchi manba.
Jamlovchi ot - bir turdagi predmetlarning jamini bildiruvchi, o`zi alohida predmetga xos atash ma’nosini anglatmaydigan otlar
Jargon− ayrim tabaqa vakillari tilida faol ishlatiladigan leksemalar
Kelishik qo‘shimchalari − ismlarni boshqa so`zlarga tobelantirib bog`lash uchun xizmat qiluvchi qo`shimchalar
Kirish so‘zlar − kiritmalar, so`zlovchining o`zi bayon etayotgan fikriga munosabatini bildirgan bo`lak
Komakchi − ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so`zga bog`lash uchun xizmat qiluvchi so`zlar
Ko‘makchi fe’l − Ravishdoshning –a, y, -(i)b shakllariga qo`shilib, o`z mustaqil ma’nolarini yo`qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari va tarzini bildiruvchi fe’llar
Lahja – bir-biriga yaqin shevalar yig`indisi.
Leksema − tilning lug‘aviy (leksik) ma’no bildiruvchi birligi
Leksika − tilning lug‘at tarkibi, so‘zlar yig‘indisi; lug‘at tarkibini o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida
bo‘limi.
Leksikografiya − lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning bo‘limi
Makromatn − bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asar
Ma'no (frazaviy) urg'usi − gap tarkibidagi so'zlardan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi
Matn − ma'lum voqelik haqida tasavvur (ma'lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik
Mavhum ot − sezgi a'zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo'lmagan, tafakkur va tasavvur orqali idrok
qilinadigan narsalarni bildir­gan otlar
Metafora − predmet, belgi, harakatlar o`rtasidagi shakliy yoki nisbiy o`xshashlik asosida nom ko`chishi
Metanimiya − o`zaro bog`liqlik ( aloqa­dorlik) asosida ma’no ko`chishi
Metateza − so`z tarkibidagi undosh tovushlarning o`zaro o`rin almashishi
Mikromatn − bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘ianjshidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi
Modal so’zlar − ifodalanayotgan fikrga so`zlovchining turli munosabatlarinini bildiruvchi so`zlar
Monosemiya – bir ma’nolilik, faqat bir ma’noni anlatuvchi so`zlar.
Morfema − so`zning ma’noli qismlari
Mustaqil to‘ldiruvchi – kesim bo`lib kelgan fe’lga bog`langan to`ldiruvchi
Neologizm – tilda yangi paydo bo`lgan so`zlar
Nomustaqil to‘ldiruvchi – kesim bo`lib kelmagan fe’lga bog`langan to`ldiruvchi.
Numerativ – hisob so`zlar, sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so`z o`rtasida qo`llanib, bu narsaning o`lchovini bildiradigan so`zlar
Nutq − faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til
Omonimlar, shakldosh so’zlar – shakli va talaffuzi bir xil, ammo ma’nosi har xil so`zlar.
Onamastika (nomshunoslik) − nomlar, ularning turlari, nomlanish sabablari bilan shug‘ul­lanuvchi tilshunoslikning bo‘limi
Oraliqdagi so‘zlar - undov, taqlid, modal so`zlar.
Ot − shaxs , narsa ma’nolarini, shuningdek, joy nomlarini bildirib, kim? nima? qayer? so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlar
Ot kesim − fe'ldan boshqa so'z turkumlari hamda fe'lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim
Ochiq bo'g'in − bir unlidan iborat yoki unli bilan tugagan bo`g`in
Paronim − talaffuzi bir-biriga yaqin, ammo ma’nolari har xil bo`lgan so`zlar
Polesemiya, ko‘p ma’nolilik - nutqdan tashqarida bir ma’noni, nutqning ichida boshqa ma’noni bildiruvchi so`zlar.
Qadimgi turkiy til – miloddan oldingi davrlardan milodiy X asrgacha amalda bo`lgan til
Qaralmish – qaratqich bog`langan bo`lak
Qaratqich − gapning biror shaxs yoki narsa-buyumga qarashliligini, xosligini bildirgan bo'lagi
Qo`shimcha(ko`makchi morfema ) − mustaqil qo`llana olmaydigan, asosga qo`shilib, unga yangi ma’no yoki qo`shimcha ma’no yuklaydigan, shuningdek, so`zlarni bog`lashga xizmat qiladigan qism
Qo‘shma so‘z − bir necha asoslarning birikuvidan hosil bolgan, ya’ni sintaktik usul bilan yasalgan so`zlar
Ravish – ish-harakat va holatning belgisini bildiradigan so`zlar
Segment birliklarbo'linuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan tovushlar qatori
Sifat - predmetning belgisini bildiradigan so`zlar.
Sifat darajalari − belgining ortiq yoki kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajalari, shu ma’noni ifodalovchi shakllar
Sinekdoxa - butun va qism nisbatiga asoslanuvchi ko`chim turi
Sinonimlar, ma’nodosh so’zlar − shaklan har xil bo`lsa-da, bir-biriga yaqin ma’noli so`zlar
Sodda so‘zlar – bir asosdan iborat bo`lgan so`zlar.
So`z-gap − bir so'zdan iborat bo'lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so'zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo'lmagan gaplar
So'z urg'usi − so'z bo'g'inlaridan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi
Takroriy so‘z – bir asosning takrorlanishidan hosil bo`lgan birlik
Tashqi manba – boshqa tillardan so`z olish hisobiga tilning lug`at tarkibini boyitish manbasi.
Teng bog‘lanish − ikki so'zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo'ysunmay bog'lanishi
Teng bog‘lovchi – bog`lovchining uyushiq bo`laklarni hamda, bog`langan qo`shma gap qismlarini, ya’ni teng huquqli qismlarni bog`lovchi turi
Tobe bog‘lanish − bir bo‘lakning boshqa bo‘lakka kelishik, shaxs-son, zamon qo‘shimchalari, ko‘makchilar va so‘z tartibi va ohang yordamida bog‘lanishi
Tobe bo‘lak – hokim bo`lakning ma’nosini izohlayotgan bo`lak
Toponim − geografik obyektlar va ularning nomlari
Tovush − nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog'imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo`lakka bo'linmaydigan nutq parchasi
Tovush moslashishi (assimilyatsiya) − bir tovushning boshqa tovushni o`ziga moslashtirishi
Tovushning akustik tomoni – tovushlarning ma’lum sifat belgisiga ega bo`lishi
Tovushning (fiziologik) tomoni - nutq tovushlari insonning nutq a'zolari harakati natijasida maydonga kelishi
Tovushning vazifaviy belgisi – tovushlarning ma’no farqlashi
Tovush noo’xshashligi (dissimilyatsiya) − ikkita o`xshash tovushning birining noo`xshash tovushga aylanishi
Tub so‘z − tarkibi asos va yasovchi qo'shimchalarga bo'linmaydigan so'zlar
Turdosh ot −bir turdagi shaxs, narsa, o`rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar
To‘liqsiz gap − suhbat nutqida, matn ichida qo'llanilib, biror bo'lagi tushirilib qoldirilgan va u nutq sharoitidan anglashilib turadigan gaplar
Undalma – so`zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani bildirgan so`z
Undosh fonema – un (ovoz) va shovqinning aralashishidan hosil bo`ladigan fonema
Unli fonema – faqat un (ovoz)dan iborat bo'lgan va bo'g'in hosil qiladigan fonema
Urg'u − so'z bo'g'inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so'zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi
Ustsegment birliklar − urg'u, to'xtam (pauza), nutqning emotsional bo'yog'i (darak, so'roq, buyruq, his-hayajon) kabilar
Vazifadoshlik − predmetlarning bajaradigan vazifalari bir xilligiga asoslangan ko`chim turi
Yasalma − yasashga asos qism bilan yasovchi vosita birligi
Yasovchi asos – yasashga asos qism
Yasovchi vosita – yasash uchun vosita bo`lgan qism(so`z yasovchi qo`shimcha)
Yetakchi fe’l – ravishdosh shaklida bo`lib, ko`makchi fe’lni ergashtirib kelgan qism.
Yig‘iq gap – faqat ega va kesimdan iborat bo`lgan gap.
Yopiq bo'g'in − undosh bilan tugagan bo`g`in
Yoyiq gap – ega bilan kesimdan tashqari ikkinchi darajali bo`laklari ham bo`lgan gap.
Yuklama − so'z yoki gaplarga so'roq, ta'kid, ayirish-chegaralash, gumon, o'xshatish, inkor kabi ma'nolarni yuklovchi so'z va qo'shimchalar
Zoonim − hayvon nomlari va ularga atab qo‘yilgan nomlar
Sheva − faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling