Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet54/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

HAYO VA ANDISHA HAQIDA
Andishali odam yaxshilik doyasidir.
Hayo bilan andisha — qo‘sh ziynat.
Andisha — yaxshilik yo‘liga poyandoz.
Andisha — kelajak yo‘llarini munavvar etuvchi mash'ala.
Hayosiz o‘zining uyalmasligi bilan do‘stini uyaltiradi.
Andishali odam iffatli bo‘ladi.
Andishali muloqot — ulug‘lik belgisi.
Odamning hayo va andishasi — uning ko‘rkidir.
Vafo yo‘q yerda hayo yashamaydi.
Uyalish — insoniylikdan.
O‘rinsiz uyalib, maqsadni ro‘yobga chiqara olmaslik — noshudlikdir.
Uyat — boshni yerga egadi. Andishasizlikning hosili — xijolat.

2-mashq. Matnni o‘qing. Dor so‘zi bilan bogiiq holatda hosil bo‘la­yotgan yangi so‘zlarga diqqat qiling, ularning yasalish o‘rinlarini izohlang.


Dor so‘zi hozirgi o‘zbek adabiy tilida quyidagi ma'nolarda ishlatiladi:
1. Arqon va yog‘ochlardan iborat dorvozlik qurilmasi. Masalan: Men dor deganda mutlaqo boshqa bir narsani ko‘z oldimga keltirgan ekanman. O‘rda ustiga qurilgan dor Toshpo‘lat dorvozchining qurilgan doriga sira ham o‘xshamasdi. (N. Safarov)
2. Kishini osib o‘ldirish uchun o‘rnatiladigan maxsus qurilma. Masalan:
Qahr ila Xabbozni bardor etar.
Dor boshina oni sangsor etar. (Durbek)
3. Kiyim quritish uchun tortiladigan arqon. Masalan:
Shoyi-shalpar ko‘ylagim yuvmay ilingan dorga,
Toleyimning yo‘qligidin yolg‘onchi bo‘ldim yorga.
(Farg‘ona xalq qo‘shiqlaridan)
4. Kiyim-boshni ilish uchun shipga parallel ravishda tortiladigan ip yoki arqon. Masalan:
Ro‘molimni olibsan,
Olib dorga solibsan.
Ro‘molimni berolmay,
Uvolimga qolibsan.
(Farg'ona xalq qo’shiqlaridan)

Eski o‘zbek tilidagi dor ma'nosi uy, hovli (masalan: «Boburnoma» da... safe dorlar tikibdurlar) va shaxs otini yasovchi qo‘shimcha -dor, chunonchi, amaldor, jahondor, xazinador so‘zlaridagi holatlar bunga aloqador emas.


Savol va topshiriqlar
1. So‘z yasalishining tuzilishi qanday qismlarni o‘z ichiga oladi?
2. So‘z yasalishining tuzilishi bilan so‘zning morfemik tuzilishi o‘rtasidagi farqni ayting.
3. O‘roq, kurak, suvchi so‘zlaridagi yasashga asos bilan yasalma o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanishni tushuntiring.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling