Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet56/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

«QOZON» TOPONIMI HAQIDA
Yer yuzida hamma joyning o‘z atamasi mavjud. Geografik joyning nomi kishilik jamiyati uchun katta ahamiyat kasb etadigan faktordir.
Toponim — yer atamasi. Shuning uchun ham ko‘p adabiyotlarda joy nomlari grekcha toponim (topos — joy, yer; onoma — so‘z) so‘zi bilan almashinib ishlatiladi. Geografik nomlarning kelib chiqishini, ishlatilishini, ho­sil bo‘lish qonuniyatlarini, grammatik qurilishini toponimikada o‘rganamiz.
Toponimlar turli so‘z turkumlaridan, har xil mazmundagi so‘zlar va ularning qo‘shilmasidan hosil bo‘lishi mumkin. Toponimlar ichida xo‘jalik terminlari ham o‘ziga xos o‘rin egaliaydi.
Qozon turkcha so‘z bo‘lib, rus, ukrain, belorus va bolgarlar toponimikasida keng uchraydi. Bu toponim garchi bir ma'noda uchramasa-da, lekin geografik nom sifatida mavjuddir.
Qozon — Tataristonning poytaxti, Turkmanistonda Qozonjik shahri, Ozarbayjonda Qozonbuloq va Qozonko‘l gidronimlari, Kavkazda va Qrimda Qazantip qo‘ltig‘i va burni, Olatovda Qozon daryosi mavjud.
Qozon so‘zining toponim holida ishlatilishi chet el joy nomlarida ham uchraydi: Bolgariyadagi Bolqon tog‘larida Qozonliq shahri va vodiysi bor. Jahonga mashhur Qozonlik gullar plantatsiyasi ham Dunaydagi Qozon oralig‘ida joylashgan.
Yana shunga o‘xshash bir qancha geografik nomlarni Turkiya va Eronda uchratish mumkin.
(A. Ishayev)

2-mashq. Matnni o‘qing. Yasama so‘zlarni aniqlang, ularning yasa­lish holatlarini izohlang.


Mening bolalik yillarim Farg‘ona vodiysining Yaypan, Nursuq, Qudash, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg‘unzor, Oqqo‘rg‘on degan qishloqlarida o‘tgan. O‘ttizinchi yillarning o‘rtalarida, bolaligimni o‘ylaganimda chalakam-chatti tush ko‘rganday bolar edim: dumli yulduz chiqqan edi; Babar (Bobur boisa kerak) degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o‘lmagan edi, shunda otqorovul odamlarga yuzlanib: «Yopiray, bunaqa battol o‘g‘rini birinchi marta ko‘ryapman, men unga o‘q uzibman-u, kiprik qoqmadi-ya!» — degan edi.
Zehnimda shunga o‘xshash qalqib yurgan xotiralardan tashqari, qalqi- masdan toshdek cho‘kib yotgan xotiralar hali hisobsiz ekanidan uzoq vaqt bexabar ekanman. Bundan meni Anton Pavlovich Chexov domla xabardor qildilar.
Bundan o‘ttiz yil burun men u kishining 22 tomlik to‘plamini qo‘limdan qo‘ymay o‘qib chiqdim. Shunda alomat bir hodisa yuz berdi: shu bilan muhtaram ustod menga go‘yo muborak ko‘zoynaklarini berdilar-u: «Ma, buni taqib, o‘z xalqingning o‘tmishiga nazar sol!»— dedilar.
(Abdulla Qahhor)

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling