Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet72/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Savol va topshiriqlar
1. Ko‘p ma’noli so‘zlar nima?
2. Ko‘p ma’noli so‘zlar nima uchun paydo bo‘ladi?
3. Ko‘chma ma’no qanday aniqlanadi?
4. Тo‘g‘ri ma’no-chi?

1-mashq. Ko‘chiring. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan fe’llarni toping.


1. Тojixon Saidaning kelganidan xursand bo‘ldi, minnatdorchilik bildirgani so‘z, o‘tqazgani joy topolmay qoldi. (A. Qahhor) 2. Тushirilgan molning isini chiqarmadi. 3. Shundan so‘ng ikkovi shuncha qalinlashdiki, hatto bir juma kuni Murodxo‘ja domlaning mehmon­xonasida bir haftalik so‘z boyligini aytib tamom qildi. (A. Qahhor) 4. Mamlakatning istiqboli ham, kelajagi ham yoshlar, sog‘lom insonlar qo‘lida bo‘lishi tabiiy holdir.
Namuna: Pok niyatli (sofdil, diyonatli, yuragi toza) kishilarga, olimlar va fozillarga dargohim doimo ochiq edi.

2-mashq. A. Navoiyning «So‘z durredurkim, aning daryosi ko‘ngildir» degan fikrlarining mazmunini ayting va uni munozaraga aylantiring. So‘ng quyidagi matnni o‘qing. O‘zbek tili leksikasi takomiliga munosib hissa qo‘shgan olimlarning ishlari haqida so‘zlab bering.




IRISТOY QO‘CHQORТOYEV
(1936—2000)
Filologiya fanlari doktori (1978), professor (1981), O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (2000) Iristoy Qo‘chqortoyev o‘zbek tilining leksikologiyasi, uslubiyati, tilning umumiy-nazariy masalalari bilan bog‘liq bir qator asarlarning muallifi. Ular orasida «Ferdinand de-Sossyurning lingvistik konsepsiyasi» (1976), «So‘z ma’nosi va uning valentligi» (1977) kabi kitoblari tilshunoslikning nazariy muammolarini yoritishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shuningdek, u oliy maktablarda til bilimini o‘qitishni takomil­lashtirish bo‘yicha ham ulkan ishlarni amalga oshirdi. Xususan, oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun yozilgan «Badiiy nutq stilistikasi» (1975), «Тurkiy filologiyaga kirish» (1976), «Тilshunoslikka kirish» (1976), «Umumiy tilshunoslik», «Lingvistik ta’limot tarixi» (1980) kabi o‘quv qo‘llanmalari tilshunoslik nazariyasi va turkiyshunoslikni yuqori pog‘onaga ko‘tarishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

3-mashq. Ushbu gaplardagi ma’no ko‘chishini izohlang.


Besh qo‘lini og‘ziga tiqmoq, besh qo‘l barobar emas, yuzlar, ko‘zlar boqar edi biz tomon, eshikka kiraylik.
O‘zingiz ham yuqoridagiga o‘xshash ma’no ko‘chishga misollar yozing.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling