Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


MEТAFORA VA UNING USLUBIYAТI


Download 0.49 Mb.
bet75/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

MEТAFORA VA UNING USLUBIYAТI
1-topshiriq. Qozonning qulog‘i, odamning qulog‘i birikmalaridagi quloq so‘zining to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarini ayting. Ko‘chma ma’no bilan to‘g‘ri ma’no o‘rtasidagi aloqani tushuntiring.

Nutqimizda eng keng tarqalgan ma’no ko‘chish usuli metaforadir.


Metafora (yunoncha metaphora — ko‘chirish) bir predmet nomining boshqa predmet nomiga ular o‘rtasidagi ma’lum o‘xshashlik asosida ko‘chishidir. Masalan, tandirning og‘zi birikmasida og‘iz so‘zining ma’nosi odam yoki hayvon og‘ziga tashqi o‘xshashligi asosida vujudga kelgan. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik turli asosda bo‘lishi mumkin:
1. Ikki predmet o‘rtasidagi shakliy o‘xshashlik. Masalan, odam qulog‘i va qozon qulog‘i.
2. Ikki predmet qayerda joylashishi bo‘yicha o‘xshashlik. Masalan, itning dumi, samolyot dumi va boshqalar.
Nutq jarayonida metaforalardan o‘rinli foydalanish nutqimizni ta’sirchan, jozibali qiladi. So‘zlovchining badiiy-estetik qobiliyatini namoyon etadi.
Savol va topshiriqlar
1. Metafora deganda nimani tushunasiz?
2. Metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chishiga o‘zingiz beshta misol keltirib, ma’no ko‘chish asosini tushuntirib bering.

4-mashq. Gaplarni o‘qing, ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni toping va izohlang.


1. Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi. (Oybek) 2. Otam yetimlarning boshini siladi. 3. Mungli kuy yurakni tirnar edi. 4. Soraxon qo‘l siltab, onamning o‘zlari ham urishqoqlar, dedi. (A.Qahhor) 5. Yo‘lchining so‘zlariga hayratlanib, chol yoqasini ushladi. (Oybek) 6. Bolalar yopishavergach, xaltani ochishga majbur bo‘ldi-da, labini burib vaysay boshladi. (Oybek) 7. Kuyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib: «...ishoning, dada, Karomatni boshimga ko‘taraman», dedi. (S. Ahmad) 8. O‘shanda ham Yusuf amaki dadamni yolg‘izlatmay, holidan xabar olib turgan. (H. Nazir) 9. Kuyov bo‘lmay qaro yer bo‘lgur na o‘ligini ko‘rsatadi, na tirigini. (A. Qahhor)

5-mashq. She’rni o‘qing, ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni topib ularni izohlang.


Barcha haq ishida bo‘ling salomat,
Yog‘sa ham har yondan tavqi-malomat,
Ezgu ishingizni ettiring davom,
Yaratgan qo‘llagay sizlarni mudom,
Kim sherik bor desa agar Ollohga,
Shubhasiz botgaydir katta gunohga.
Nohaqdan bir inson qonini to‘kmoq,
Gunoh dengiziga baayni cho‘kmoq.
Ota-onasiga kimki bo‘lsa oq,
Bu ham og‘ir gunoh sanalgay mutloq.
Agarda yolg‘ondan bersa guvohlik,
Uning ham gunohin kechirmas Holiq.
Shu to‘rtta gunohdan bo‘lsa kim forig‘,
Bilingki, ularning manglayi yorug‘.
(O. Bo‘riyev)

6-mashq. Ko‘chiring. «Palak» so‘zining bir necha xil ma’nolari borligini bilib oling. Siz ham uyingizda til, ter kabi so‘zlarning ma’nolarini ana shunday izohlab keling.


1. Palak. Ma’lum bir urug‘dan ko‘karib chiqib, yer yuzalab o‘sib, gullab hosil beradigan poliz o‘simligining tanasini bildiradi: qovun palak, tarvuz palak, bodring palak.
... So‘lg‘in palaklarda o‘smay qolib ketgan xomaklar yiltillab qolar, goh surmaday qorayib ko‘rinar edi. (A. Muxtor)
2. Palak. Polizchilar nutqida ba’zan qovun yoki handalak urug‘i tushunchasida ham qo‘llanadi. Masalan: Тo‘rt egat palak ekdim.
3. Palak. Xalqimiz urf-odatiga ko‘ra, qizlarni kuyovga uzatish uchun gul (kashta) iрakli matolar tayyorlanadi.

Iblisni rahbar deb qarshi oldilar,


Balki, sayladilar undan ham ortiq.

Poyiga iрakdan palak soldilar,


So‘ng yuksak bir taxtni etdilar tortiq.
(A. Oriрov)
4. Palak. «Parvoyi palak» iborasida o‘z ishiga mas’uliyatsizlik, e’tiborsizlik bilan qarash, beg‘amlik ma’nolari tushuniladi.
Atrofda bo‘layotgan voqealarga Mo‘ydinning parvoyi palak edi.
5. O‘xshatish ma’nosida ham qo‘llaniladi. «Bir palakdan har xil xamak chiqadi deganlari rost ekan-da», dedi so‘fi yonidagilarga qarab.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling