Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Metonimiya yunoncha metanymia — qayta nomlash demakdir


Download 0.49 Mb.
bet77/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Metonimiya yunoncha metanymia — qayta nomlash demakdir.
Narsa va hodisalar o‘rtasida makon va zamondagi o‘zaro aloqa­dorlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko‘chishi metonimiya hisoblanadi.

Yuqoridagi misollarda shoir bilan uning asarlari (chunki shoir va uning asari o‘rtasida ongimizda doimiy bog‘lanish bor), choy ichiladigan joy bilan choy qaynatiladigan buyum o‘rtasidagi aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisi uchun ko‘chgan:


Navoiyni qo‘lga oldim deganda Navoiy asarlarini, Bedilni o‘qir edim deganda ham uning asarlarini tushunamiz.
Metonimiya asosida ko‘chma ma’no hosil qilish fikrimizni lo‘nda, ifodali, ta’sirchan bayon qilishning bir yo‘li sanaladi.
Savol va topshiriqlar
1. Metonimiyada ko‘chma ma’no qanday asosda vujudga keladi?
2. Metonimiyaning metaforadan farqini tushuntirib bering.
3. Metonimiya yo‘li bilan ma’no ko‘chishga ikkita misol keltirib, ma’no ko‘chish sababini izohlang.

1-mashq. Gaplarni o‘qing, aloqadorlik asosida so‘z ma’nosining ko‘chish o‘rinlarini izohlang.


«Rossiya»ga qanday borsam bo‘ladi? (Bekatdagi yo‘lovchining murojaati)
Ichak-chavog‘im tugadi, endi kalla sotaman. (Qassobning gapidan)
Mabodo, «Besh bolali yigitcha» kelmadimi? (Kitobxonning sotuvchiga bergan savolidan)
Navbatim sumka ko‘targan «jinsi»dan keyin. (Xaridorning javobi)
«Navoiy»ni kechadan beri ko‘tarib yuribman. (O‘quvchining nutqidan)

2-mashq. Gaplarni o‘qing, aloqadorlik asosida yangi ma’no hosil qilingan o‘rinlarni topib ularga izoh bering.


«Oltin vodiy» poyezdi, olmaning afrosiyobi navi, «Zarafshon» futbol komandasi, amarfuzin malhami, Hojimatov damlamasi, Sarimsoqovning yarimmaydoni, rentgen apparati, «Chorsu» meh­mon­xonasi, «Ford» avtomobili, «Тoshkent» qahvaxonasi, volt, amper kabi so‘z va so‘z birikmalaridagi so‘z ma’nosining ko‘chishida nimalarga e’tibor berilganini aniqlang.
4-MAVZU: Sinekdoxa, vazifadoshlik va ularning uslubiyati.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling