Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet74/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

O`qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, testlar, doska, bo`r.

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test

Amaliy mashg`ulotning texnologik xaritasi



Bosqichlar,
Vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(15 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1.Qo`shma gap nima ?
2.Sintaksisning tekshirish obyekti nima?
3Gapning qanday turlarini bilasiz?

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)

2.1. “Ko‘chma ma’nolar va ularning turlari. Metafora va uning uslubiyati” mavzusi bo`yicha savol- javob qiladilar.
2.2. Amaliy dars mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 114-117-mashqlar bajariladi;

Talabalar amaliy dars bo`yicha o`z tushunchalarini mashqlar yordamida mustahkamlaydilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

1-topshiriq. Asal so‘zining to‘g‘ri (o‘z) va ko‘chma ma’nosini aniqlang. Ko‘chma ma’no bilan to‘g‘ri ma’no o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligani ayting.

2-topshiriq. Xom so‘zining to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini aniqlang. Bu ikki ma’no o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntiring.


Ko‘p ma’noli so‘zlar va ma’nolarning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarga bo‘linishini yuqorida ko‘rib o‘tdik.


Borliqdagi narsa — hodisa, belgi — xususiyat, harakat — holat nomlari ma’lum bir asosga ko‘ra boshqa narsa — hodisa, belgi — xususiyat, harakat — holat nomi sifatida ham qo‘llaniladi. Bunday vaqtda bitta nom bir necha narsa — hodisa, belgi — xususiyat, harakat — holatlarning nomi sifatida xizmat qiladi. Masalan, burun so‘zi «tirik organizmning yuz qismidan bo‘rtib chiqqan nafas olish organi» ma’nosini ifodalash bilan birgalikda «yerning suvlikka tomon bo‘rtib chiqqan qismi» ma’nosini ham ifodalaydi. Predmetlar o‘rtasidagi tashqi o‘xshashlik (yuz qismdan bo‘rtib chiqqan burun bilan yer qirg‘og‘ining dengiz yoki okeanga qarab bo‘rtib chiqishi o‘rtasidagi o‘xshashlik) birining nomini ikkinchisi o‘rnida qo‘llashga asos bo‘lgan.

Ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari turlari mavjud.


1-mashq. Berilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. Omonim yoki polisemantik so‘z ekanligini aniqlang.


Do‘st, yosh, yuz, nafis, mol, oyoq, bel, tut, yengil, gul, sher, sana, uch, o‘ch, quloq...
Namuna:
1. Olti narsa rohatda yashashga yordam beradi, shulardan biri haqiqiy do‘sting bo‘lmoqligidir. 2. Bugungi kechamizga shoir Do‘st Hamdam ham tashrif buyurgan. 3. Do‘st!!! Yana bir juft qo‘shiq bo‘lsin!

2-mashq. Quyidagi so‘zlarning har biri bilan ikkitadan gaplar tuzing. Ularning birida shu so‘z o‘z asl ma’nosida ikkinchisida ko‘chma ma’noda qo‘llansin.


Shayton, tulki, ola, tor, yumshoq, dum, ajdaho, ilon, tamoq, luqma, dunyo, og‘irlik, shisha, tosh, karam...

3-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni ajratib, ma’no ko‘chishning turini yozing.


1. «Semurg‘» «Sug‘diyona»ni qabul qilib, raqiblar darvozasiga ketma-ket beshta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 2. Qo‘shnimizning o‘g‘li dadasi bilan tortishayotganining ustidan chiqib qoldim. 3. Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho‘zib yuborilmoqda. 4. Beodob qizning gapini onasi tekislab turdi. 5. Prezidentimiz adashganlar uchun to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib berdi. 6. Bolam, ho‘l-u quruqqa qanoat qil, ana o‘shanda sen, kayvoniy odam bo‘lasan. 7. Muallif dutor haqida yozadi va bu bilan o‘zbek cholg‘u asbobini birinchi bo‘lib tilga oladi. 8. O‘g‘lining dardida sarg‘aygan onaning oh-vohlariga chidab bo‘lmasdi. 9. Тun o‘z o‘rnini tongga bo‘shatib berdi. 10. Navoiy ko‘hna Sharqning ulug‘ mutafakkiri sifatida o‘z asarlari bilan o‘sha davr ijtimoiy masalalarini ham ko‘tarib chiqdi. 11. Go‘zal bu gaplarning hammasini yuragining tubiga joylagan edi, uni hech kimga oshkor ayta olmasdi. 12. Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi yaralandi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling