Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti
Download 107.56 Kb.
|
yunon lotn tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suffiksatsiya Suffiksatsiya
So‘z yasash usullari
So‘z yasashning asosiy usullari affiksli yoki affikssiz bo‘ladi. Affiksli so‘z yasash– so‘z yasovchi affikslar (prefiks, suffiks) ni so‘z yasovchi negizga qo‘shish orqali amalga oshiriladi. Affikssiz so‘z yasash, asosan, murakkab so‘zlarni hosil qilishda ishlatiladi. Suffiksatsiya Suffiksatsiya deb suffiksni so‘z yasovchi negizga qo‘shishga aytiladi. Natijada olingan yasama negiz suffiksal deyiladi. Suffikslar muhim tasniflash vazifasini bajaradi. Suffiksatsiyada so‘z yasovchi negiz sifatida turli so‘z turkumlari – ot, sifat, fe’ldan foydalaniladi. Ayrim suffikslar faqat ma’lum bir so‘z turkumi negizi bilan qo‘shiladi, mas., -al, -ar suffikslari ot negizi bilan, -io, -or suffikslari fe’l negizi bilan. Undosh harf bilan boshlanuvchi suffiksning so‘z o‘zagiga qo‘shilishiyordamchi unli orqali sodir bo‘ladi: -i-, odatda, lotin so‘zlarida va -o-yunon kelib chiqishli so‘zlarda, mas.: lot. cruc-i-formis - xochsimon; tuberos-i-tas - do‘mboqlik; yun. bronch-o-genus - bronxogen. NB! Sifat yasalishida suffiks ot negiziga (qar. k. birlikda) qo‘shiladi: thorax, acis – thorac-ic-us; cartilago, inis – cartilagin-e-us. Odatda, so‘z yasovchi negiz va suffiks bir tilga oid – yo lotin tiliga, yo yunon tiliga. Lekin terminshunoslikda gibrid so‘zlar ham kam emas, ayniqsa, sifatlar orasida, mas.: brachi-al-is, acromi-al-is, pyramid-al-is, petr-os-us, arteri-os-us so‘zlarida negiz yunoncha, suffikslar esa lotincha. O‘zida ham yunon, ham lotin suffikslarini mujassam etgan sifatlar ham uchraydi: spheno-id-al-is (-id – yun., -al – lot.). Lotin va lotinlashgan yunon suffikslari Ot yasovchi suffikslar ul-(us, a, um) -cul-(us, a, um)-ol-(us, a, um)-ell-(us, a, um) -ill-(us, a, um) NB! So‘z yasovchi negiz I yoki II turlanishga mansub bo‘lgan holatda yasama kichraytiruvchi ot (deminutiv) turlanishni saqlab qoladi. Boshqa holatlarda so‘z yasovchi negizning turlanishidan qat’iy nazar I yoki II turlanishni oladi, mas.: nodus, i m nodulus; vas, vasis n vasculum. Download 107.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling