Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti


Download 107.56 Kb.
bet8/10
Sana27.08.2023
Hajmi107.56 Kb.
#1670791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yunon lotn tili

Eslatma:
1) odatda, III turlanishdagi otlarning unli va aralash turlariga -cul- (us, a, um) suffiksi qo‘shiladi: collis, is m– colliculus - tepalikcha; auris, is f – auricula - quloqcha; rete, is n – reticulum - to‘rcha. Agar so‘z yasovchi negiz sifatida III turlanishdagi otning undosh turi qo‘llanilsa ham -cul- (us, a, um) ishlatiladi: corpus, oris n – corpusculum - tanacha; vas, vasis n – vasculum - tomircha.
2) avval undosh kelgan unli bilan tugallanuvchi o‘zakka -ol- (us, a, um) suffiksi qo‘shiladi: arter-i-a – arteri-ola; fov-e-a – fove-ola.
3) -ll- suffiksi bilan ifodalangan so‘zlar kichraytirish ma’nosini olib bo‘lgan yasama negizlardan hosil bo‘lgan 2-darajali kichraytiruvchi otlar hisoblanadi: capsa - idish, quti – capsula (1-darajali deminutiv) g‘ilof, quticha – caps-ella (2-darajali deminutiv) kichik quticha.
4) o‘zagida r, l, m, n undoshlarini tutgan so‘zlardan deminutivlar -ll- (us, a, um) yoki -ell- (us, a, um) suffikslari bilan hosil qilinadi: cerebrum – cerebellum, scalper (scalprum - tig‘, pichoq) – scalpellum.
5) kichraytirish ma’nosiga ega bo‘lmagan otlarni deminutivlardan ajrata olish kerak: macula - dog‘; acetabulum - quymuch kosasi.
6) ba’zi sun’iy yaratilgan terminlar kichraytirish ma’nosiga ega emas: gastrula, blastula, morula, organella.
1.Harakat va jarayonni anglatuvchi otlar: Suffikslar.-io-(tio, sio, xio)
Eslatma:1)-io- nafaqat harakat va jarayonni, balki shu harakat natijasini ham anglatishi mumkin: decussatio - kesishma (X shaklidagi hosila); impressio - botiq; terminatio - oxir.
2) -io- dan sun’iy hosil bo‘lgan so‘zlar orasida ba’zilari fe’l emas, ot negizidan kelib chiqqan: decapsula-tio - dekapsulatsiya, a’zo qobig‘ini operativ olib tashlash; hepatis-a-tio - jigarlanish, o‘pka to‘qimasining zichlashishi.
3.Harakat bajarilayotgan predmet (a’zo, asbob, uskuna), faoliyatni amalgaoshirayotgan otlar; suffikslar or-(tor, sor, xor)
4.Harakat natijasini anglatuvchi otlar:Suffikslar--ura-(tura, sura, xura)
Mashqlar
I.O‘zbek tiliga tarjima qiling:
tuberalis, tuberosus, tuberculum, tuberositas, tubercularis; tubus, tubulus, tuba, tubula, tubalis; bulla, bullosus; capitulum, capitalis; denticulus, dentalis; vesicula, vesicularis.

Download 107.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling