Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Dividend siyosatini amaliyotga tatbiq etish algoritmi


Download 1.79 Mb.
bet45/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

10.3. Dividend siyosatini amaliyotga tatbiq etish algoritmi
«Dividend siyosati» konsepsiyasini 1956–yilda amerikali iqtisodchi Djon Lintner “Dividend, kapitalashuv va soliqlar o‘rtasida korporativ daromadni taqsimlash” asarida talqin qilgan. Ushbu konsepsiyani yanada takomillashtirgan holda Miller va Modilyan 1961–yilda “Dividend siyosati, aksiya qiymatining o‘sib borishi” asarida keltirganlar. Dividend siyosatida kompaniyaning bozor qiymatiga va aksiya qiymatiga ta’sir mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Bunda dividendlarning miqdori turli omillarni ta’sirini hisobga olgan holda optimillashtirishga qaratiladi.
Korporatsiyalarda dividend siyosatiga korxonani rivojlantirishning uning bozor qiymatini eng yuqori darajada oshirishga qaratilgan umumiy moliyaviy strategiyasi nuqtai nazaridan qaralishi lozim. Bu doim ham dividendlarni eng yuqori miqdorda to‘lashni anglatmaydi, chunki korxonada dividendlarni foydaliroq qo‘llash yo‘llari doim topiladi. Korxonada dividend siyosati katta ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu siyosat korxonaning kapital tuzilmasiga, korxonani moliyalashtirishga va investitsiya siyosatiga ta’sir ko‘rsatadi. Dividend siyosatining asosiy maqsadi mulkdorlar tomonidan foydaning joriy iste’mol qilinishi bilan uni kelajakda korxonaning bozor qiymatini ko‘taradigan va strategik rivojlantirishini ta’minlaydigan darajada oshirish o‘rtasida maqbul mutanosiblikni o‘rnatishdan iborat. Korxonada dividend siyosatining asosiy prinsiplari dividendlar miqdorini belgilash tartibining oshkoraligi va aksiyalar egalariga dividendni o‘z vaqtida to‘lashiga yo‘naltiriladi. Korporatsiyalarda dividend siyosati quyidagi uslubiy talablarga rioya qilingan holda olib borilishi maqsadga muvofiqdir: 1. Umumiy barqarorlikni ta’minlash, aksiyadorlik jamiyatida rahbariyat o‘zgarsa ham dividend siyosatini oqilona yuritishni ta’minlash. 2. Barcha aksiyador (majoritar, minoritar)larning manfaatlari doimo hisobga olinishi kerak. 3. Puxta o‘ylangan dividend siyosatini o‘tkazishda e’lon qilingan tamoyillar va qoidalardan vaqtincha majburiy og‘ishlar yuz berganda oshkoralikni amalga oshirish.
Dividend siyosatini amalga oshirishda quyidagi omillardan foydalanish o‘z ahamiyatiga egadir:
1. Signalli samara. Aksiyalarning narxi tushganda dividendlarni tushirish, narxi oshganda esa kelgusida yuqori foyda olinishi aniq bo‘lsa dividendni ko‘tarish maqsadga muvofiqdir.
2. Mijoz samarasi. Turli guruhlardagi investorlar dividend to‘lashning turlicha siyosatini talab qiladilar. Masalan, keksa yoshdagi aksiyador (investor)lar dividendni pul ko‘rinishda olishni hohlaydi. Yirik aksiyador (investor)lar pulga ehtiyojlari bo‘lmasa, dividendlarini korxona foydasini reinvestitsiyalash (qayta moliyalashtirish)ga sarflashni afzal ko‘radilar. Shuning uchun aksioner va investorlarni korxona rahbariyati dividend siyosatini o‘zgartirishi haqida xabardor qilishi va ovozga qo‘yishi kerak. Agar oshkoralik bilan dividend siyosati olib borilmasa, salohiyatli aksionerlar o‘zlarining ulushini sotishga harakat qiladilar va sotib yuboradilar. Aksiyadorlar yaxshi yoki yomon bo‘lmaydilar, balki ular firmaning qiymatidan kelib chiqqan holda samarali dividend siyosati olib borilishini afzal ko‘radilar yoki o‘zgartirishlar haqida xabardor bo‘lishlarini, o‘zgartirishlarda qatnashishlarini hamda ular ma’qullagan dividend siyosatini yurgizilishini hohlaydilar. Demak, mijozning samarasi shunday o‘rin tutadiki, salohiyatli aksiyadorlar korxonaning kelajagini o‘zlarining kelajagi bilan bog‘lagan holda oladigan dividendlarining hajmini oshirish uchun samarali loyihalarga sarflashni afzal ko‘radilar.
3. Dividend siyosatining barqarorligi. Kompaniya turli davrlarda turli miqdorda dividendlar to‘lashi mumkin. Pul mablag‘larining oqimi ko‘payganda to‘lov miqdorini oshirish, investitsion loyihalarni amalga oshirishda pul mablag‘larini jalb etishga ehtiyoj sezilsa to‘lov miqdorini kamaytirish mumkin. Biroq aksionerlar dividendga o‘zining xarajatlarini rejalashtirgan bo‘lsa va korxona to‘lamasa, aksionerlar o‘rtasida jiddiy noqulayliklar shakllanadi. Shuning uchun korporatsiyaning dividend siyosati aksionerlarning talablarini korxonaning ichki ehtiyojlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunda quyidagi omillarga e’tiborni qaratish zarur: korporatsiya mutaxassislari qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha besh yildan o‘n yilgacha bo‘lgan muddat oralig‘idagi foyda va dividendlarning dinamikasini prognozlash; kon’yunkturaning barqarorligini ushlab turishga harakatlarni amalga oshirish, bunda foyda va dividendlarning o‘sishi kuzatiladi; dividendlarning barqarorligini ta’minlash; dividendlarni to‘lashda rejaviy koeffitsientlardan foydalanish; salohiyatli investorlarning dividendlarini reinvestitsiyalashga sarflashi uchun samarali loyihalarni amalga oshirish; tashqi moliyalashtirish manbalarini jalb eta olish imkoniyatlari va ularning narxlari. Qoldiq prinsipi bo‘yicha dividendlar to‘lash modeli orqali kompaniya quyidagilarni aniqlaydi: kapital qo‘yilmalarning optimal byudjetini; byudjetni moliyalashtirish uchun aksiyadorning zaruriy kapital summasini; taqsimlanmagan foydaning reinvestitsiyalash darajasini maksimal imkoniyatlarini; yirik hajmda foydaga erishilgandagi dividendlarni to‘lashni yo‘lga qo‘yish. SHu tarzda dividend qoldiq foydadan to‘lashni yo‘lga qo‘yilishi korxonani optimal dividend siyosatini amalga oshirishiga ko‘mak beradi. Bu prinsipni formula ko‘rinishda bersak, u quyidagicha ifodalanadi:

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling