Nazarov Rasulberdi, Samdu filologiya fakulteti talabasi O’zbek tilida yuklamalar stilistikasi annotatsiya


Download 30.91 Kb.
bet7/8
Sana01.05.2023
Hajmi30.91 Kb.
#1418431
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbek tilida yuklamalar uslubiyati

Inkor yuklamasi (na … na)
Yuklamaning bu ma’no turi inkor bog‘lovchisi sifatida ko‘rsatib kelindi.
Keyingi yillarda bu yordamchi inkor yuklamasi deb baholandi. R.Rasulov bu
yordamchining semantik-grammatik xususiyatlarini maxsus o‘rganib asosan ikki
xil pozitsiyada kelishini aytadi:
a) uyushgan gap bo‘laklaridan oldin;
2
b) qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarda. 3
Na…na ning uyushiq bo‘laklardan oldida kelishi, u uyushiq bo‘lakning gapda tutgan o‘rni, bajarayotgan vazifasiga qarab farqlash mumkin. U uyushgan ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va hollarning oldida, asosan, takrorlangan holda kelib, gapning umumiy mazmuniga va ayrim gap bo‘laklariga ta’kid, kuchaytirish, inkor, noaniqlik kabi ma’nolarni berish uchun xizmat qiladi .
R. Rasulov bu yordamchining grammatik tabiatini shunday xulosalaydi:
“ Hozirgi o‘zbek tilidagi anchagina faktik materiallarni lingvistik tahlil qilish natijasida na... na ning gapda uyushgan bo‘laklarni va gaplarni bog‘lash uchun xizmat qilmasligini va uyushiq bo‘laklarga hamda gapning umumiy mazmuniga qo‘shimcha ma’no ottenkalari berishi uchun xizmat qilishini aniqladik. Bu yordamchining bog‘lovchiga xos bo‘lmagan semantik-grammatik xususiyatlarini quyidagi holatlardan ham ko‘rishimiz mumkin: Birinchidan, na…na vositasi bilan uyushib kelgan bo‘laklar orasida teng biriktiruvchi bog‘lovchi va qo‘llaniladi. Bu bog‘lovchining qo‘llanilishida ham ma’lum tartib bor: agarda na…na orqali uyushgan bo‘lak ikkita bo‘lsa, va ikkala uyushgan bo‘lak orasida keladi, lekin uyushuvchi bo‘laklar ikkidan ortiq bo‘lsa, oxirgi uyushayotgan bo‘lakdan oldin keladi va inkor-ta’kid yuklamasi orqali sanalayotgan bo‘laklarning tugaganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, uyushib kelgan bo‘laklarni na…na emas, va bog‘lovchisi
bog‘laydi. Va bo‘lmaganda, uyushgan bo‘laklar sanash intonatsiyasi orqali bog‘lanadi, na…na esa o‘zi birga kelgan bo‘laklarga ta’kid va bo‘lishsizlik
ma’nolarini beradi hamda inkor yuklamasi funksiyasini bajaradi 2.
Inkor yuklamasining stilistik xususiyatiga nazar soladigan bo’lsak, bu yuklama ma’lum uslub uchun xoslanmaganini ko’rishimiz mumkin. Lekin so’zlashuv uslubida na…na yuklamasining ishlatilishi biroz chegaralangan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tilshunoslikda turli pragmatik ma’no ifodalashda yuklamalarning o’rni nihoyatda katta. Hozirgi o‘zbek tilida yuklamalar eng faol grammatik vositalardan hisoblanadi. Qolgan so’z turkumlari yuklama bajargan vazifani mutlaqo bajara olmaydi. Yuklamalarning stilistikasi ham ancha murakkab. Yuklamalar turli pragmatik ma’nolarni ifodalab kelgani, o’zi aloqador bo’lgan birlikka turli qo’shimcha ma’no yuklab kelgani uchun ham badiiy va publitsistik uslublarda ancha faol ishlatiladi. Rasmiy uslubda barcha emotsional-ekspirisiv ma’no aks ettiruvchi birliklar nofaol bo’lgani uchun yuklamalarning ham ishlatilishi qisman cheklanganligini ko’rishimiz mumkin.

Download 30.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling