Nazarov Rasulberdi, Samdu filologiya fakulteti talabasi O’zbek tilida yuklamalar stilistikasi annotatsiya
Download 30.91 Kb.
|
O\'zbek tilida yuklamalar uslubiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniqlov yuklamalari ( xuddi, naq, go’yo, go`yoki )
- Go‘yo yordamchisi
- Naq yuklamasi
Gumon yuklamasi ( -dir)
-dir gumon yuklamasi barcha so’z turkumlariga qo’shilib kela oladi. Gumon yuklamasi o’zi aloqador so’zga aniqsizlik, gumon kabi ma’nolarni yuklab keladi: * Sizni yo‘qlab kelgandir? (S. Zunnunova) -dir yuklamasi so’roq olmoshlariga qo’shilib, gumon olmoshini hosil qilish uchun ham qo’llaniladi: kimdir, nimadir, qaysidir -dir yuklamasi gumon ma’nosini ifodalashda boshqa vositalar qatori nutqiy faoliyatimizda keng qo‘llaniladi va bu bilan bog‘liq turli pragmatik-stilistik xususiyatlarini namoyon etadi. Stilistik jihatdan yuklamaning bu turiga ma’lum chegara qo’yish noo’rin. 1 Aniqlov yuklamalari ( xuddi, naq, go’yo, go`yoki ) Bunday yuklamalar o’zi aloqador bo’lgan gap yoki gap bo’lagini aniqlab, o’xshatib-qiyoslab keladi. Shuning uchun yuklamaning bu turi ayrim ilmiy kitoblarda “ O’xshatish-qiyoslash “ yuklamasi deb ham ataladi1. Go‘yo yordamchisi mazmunidan o‘xshatish yoki chog‘ishtirish ma’nosi anglashilgan sodda va qo‘shma gap tarkibida ishtirok etadi. Sodda gapda ko‘proq yuklamaga yaqin turadi: * Go‘yo sharpa o‘tganday bo‘ldi. (Hamid G‘ulom) Go’yo yordamchisi o`zi aloqador so`zga ko’proq o’xshatish-qiyoslash ma’nosini yuklab keladi, aniqlash ma’nosi bu yuklamada juda kam bo’lib, yo’q desa ham bo’ladi. Go’yo yordamchisi stilistik jihatdan badiiy uslubda ancha faol hisoblanadi. So’zlashuv, rasmiy uslublarda deyarli qo’llanilmaydi. Go’yo yordamchi go’yoki shaklda ham qo’llaniladi. Stilistik jihatdan go’yoki yordamchisi o’zi aloqador birlikka ancha keng va kuchli ma’noni yuklab keladi: * Tog‘laring tegrangda go‘yo Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu, Ikki daryo – ikki chashming, Chashmi giryon, o‘zbegim. ( Erkin Vohidov ) Qiyoslash uchun: Tog‘laring tegrangda go‘yoki Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu, Ikki daryo – ikki chashming, Chashmi giryon, o‘zbegim. Aniqlov yuklamalaridan go’yoki shakli aks ettirgan ma’no nozikligini boshqa yuklamalar aks ettira olmaydi. Xuddi yuklamasi o‘zi mansub bo‘lgan so‘zning ma’nosini aniqlab ko‘rsatishda baravar qo‘llanilsa-da, xuddi yuklamasi naq yuklamasiga nisbatan semantik jihatdan ancha keng ma’noni ifodalab keladi. Ya’ni uning semantik maydonida aniqlab ko‘rsatish, chog‘ishtirish, qiyoslash hamda kuchaytirish-ta’kidlash ma’nolari mujassamlashgan: * Chaqnasa ham xuddi yulduz, O‘zi juda epsiz qo‘ng‘iz (Mirtemir) Naq yuklamasi bugungi kunda tilimizda xuddi singari semantik jihatdan faollashganini ko‘ramiz. Bu yuklama kommunikativ nutq jarayonida hodisa yoki predmetni aniqlab ko‘rsatishdan tashqari, chog‘ishtirish, o‘xshatish va kuchaytirish ma’nolarini ham ifodalamoqda. Ba’zan naq emotsional-ekspressivlikni ifodalashda xuddi yuklamasidan kuchliroq ottenkani ifodalaydi: Otasining xuddi o‘zi. (Oybek) Qiyoslash uchun : Otasining naq o’zi. Umuman olganda, aniqlov yuklamalari stilistikasi haqida gap ketganda, bu yuklamalarni so’zlashuv, rasmiy, qisman ilmiy uslublarda kammahsul ekanligini ta’kidlab o’tish joiz. Yuklamaning bu turlar badiiy, qisman publitsistik uslubda ancha faol qo’llaniladi va nutq jarayoniga qarab turli pragmatik ma’nolarni aks ettiradi. Download 30.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling