Nazarov Rasulberdi, Samdu filologiya fakulteti talabasi O’zbek tilida yuklamalar stilistikasi annotatsiya


So’roq va taajjub yuklamalari ( -mi, -chi, -a, -ya )


Download 30.91 Kb.
bet2/8
Sana01.05.2023
Hajmi30.91 Kb.
#1418431
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbek tilida yuklamalar uslubiyati

So’roq va taajjub yuklamalari ( -mi, -chi, -a, -ya )
So’roq va taajjub yuklamalari nafaqat so’roq-taajjub, balki, buyruq, iltimos, yalinish,qistash, modal va noaniqlik kabi ma’nolarni ifodalab keladi.Og’zaki so’zlashuv uslubida -mi yuklamasi -ma ( bordingma, keldingma ) shaklda, ayrim shevalarda -ba ( bordingba, keldingba ) shaklda ham uchraydi.
Yuklamaning bu shakli so’zga to’g’ridan to’g’ri qo’shib yoziladi:
* Bilmadim-ov. Uch-to’rt jildan beri ko’rgan emasmen. Battarin jigit edi, o’lib ketdima, yo boshqa podshoning xizmatiga o’tib ketdima? ( Pirimqul Qodirov )
Yuklamaning bu shakli badiiy uslubda -mi shaklda qo’llansa, eski o’zbek adabiy tilida va she’riyatda bu yuklamaning -mu varianti qo’llangan:
* Siz ilgari navkar bo’lganmisiz? ( Pirimqul Qodirov)
Charxning men ko`rmagan jabr-u jafosi qoldimu.. (Bobur).
-mi yuklamasi badiiy uslubda ba'zan qo'shma gap qismlarini yoki uyushiq bo'laklarni bog'laydigan sintaktik birlik vazifasini ham bajaradi.
Masalan: Shu payt uning qora movut chakmonimi, xiyol egik yelkasimi, kalta qirqilgan soqolimi, nimasidir Boburga Navoiyning Behzod chizgan rasmini eslatdi. ( Pirimqul Qodirov)
Qiyoslash uchun : Shu payt uning qora movut chakmoni, yo xiyol egik yelkasi, yo kalta qirqilgan soqoli nimasidir Boburga Navoiyning Behzod chizgan rasmini eslatdi.
Yuklamaning ushbu shakli so’roq ma’nosini juda aniq ifodalagani uchun ko’proq dialoglarda qo’llaniladi va -mi yuklamasi qatnashgan gaplarga javob berishda ha, yo’q kabi tasdiq-inkor ma’noli so`z gaplar talab qilinadi.
-ya yuklamasi ko’proq oddiy so’zlashuvda hayrat,hayajon,ta’kid, taajjub,istak va xohish kabi ma’nolar ifodalab, so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi:
* Ba’zan ko’cha-ko’yda ham bir narsalarni topib oladi-ya.
Bekor yurmay deydi-da!
So’roq-taajjub yuklamasining bu shakli rasmiy va ilmiy uslublarda qo’llanilishi chegaralangan.
-chi yuklamasi so’roq ma’nosidan tashqari buyruq, iltimos, xohish, kesatiq,ta’kid, uqtirish kabi turli pragmatik ma’nolarni ifodalaydi.
*
so`roq: Majlisdan xabaring bo`lg`an bo`lsa, kim qaysi fikrda qolg`anini ham bilarsan?
-Yo`q.
Majlisda nimadan bahs qilinganini-chi?! (A.Qodiriy)
* taajjub: Bu go`zallikdan rohatlansang-chi mundoq. Tushunmayapman seni.
* iltimos: Eshikning zanjiriga bir qarab kelingiz-chi, imon topkur Jannat opa!
(A. Qodiriy)
* buyruq: Gap bilan bo`lib zang`ar kayf ham tarqab ketdi, qani, quy-chi birikkini!
(A. Qodiriy )
* xavotir: -Shoshma! – dedi Tohir. – Bu yerdagi besh-o`nta yog`ochni arralab
tashlaganimiz bilan hech ish chiqmaydi. -Nega chiqmasin? Ot-arava o`tolmaydigan qilamiz! -Birorta ustani olib kelib, ko’prikni tuzatib, o’tib ketaversa-chi?
(
P. Qodirov. Yulduzli tunlar.)
* ta`kid va uqtirish: Azimjon –chi, senga ammavachcha bo’ladi.
(A.Muxtor)
-chi ko’proq badiiy uslubda qo’llanilsa-da, boshqa uslublarda qo’llanilishi cheklanmagan.

Download 30.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling