Nazarov Rasulberdi, Samdu filologiya fakulteti talabasi O’zbek tilida yuklamalar stilistikasi annotatsiya
Ayiruv-chegaralov yuklamalari (-gina, -kina, -qina, faqat, atiga, xolos )
Download 30.91 Kb.
|
O\'zbek tilida yuklamalar uslubiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- -gina
Ayiruv-chegaralov yuklamalari (-gina, -kina, -qina, faqat, atiga, xolos )
Yuklamaning bu ma’no turi o’zi qo’shilayotgan gap yoki gap bo’lagi ma’nosini ayirib-chegaralab, ajratib ko’rsatish uchun qo’llaniladi: * Toki odamlar meni ko‘rmasin, faqat mehnatimni ko‘rishsin. (Asqad Muxtor) * Xotin, bu gaplar kitobdagina bor, xolos, hayot boshqa. (S. Zunnunova) Ayiruv-chegaralov yuklamalarini ko’p o’rinda birini o’rniga ikkinchisi almashtirib qo’llash mumkin bo’ladi. Faqat yuklamasi matndagi so‘zlarni chegaralash, ajratish uchun ishlatiladi va -gina, xolos yuklamalari bilan sinonimlikni xosil qiladi: * Endi oyoqlaridan muz o‘tmas, sovuqdan yelkalari titramas, faqat uyqusi kelardi. (O‘.Hoshimov). Qiyoslash uchun : Endi oyoqlaridan muz o‘tmas, sovuqdan yelkalari titramas, uyqusi kelardi, xolos. * “Haqiqatni, faqat haqiqatni aytaman” deb ont iching! (X. To‘xtaboyev) Qiyoslash uchun : “Haqiqatni, haqiqatnigina aytaman” deb ont iching! Ammo ushbu birliklar bir-biridan nafaqat jumladagi qo‘llanish o‘rniga ko‘ra, balki ayirish, chegaralash ma’nosini ifodalashiga ko‘ra ham farqlanadi. Faqat yuklamasi asosan, o’zi aloqador bo’lgan so’z oldidan qo’llaniladi. Ammo badiiy asarlar va she’riyatda faqat yuklamasi o’zi aloqador bo’lgan so’zdan so’ng ham kelishi mumkin: * Ona o`z o`g`lini sevadi faqat, Faqat sevadi-yu, ertak aytadi ( Hamid Olimjon ) Faqat yuklamasi ayirib, chegaralab ko’rsatish ma’nosini yanada kuchaytirish uchun -gina yuklamasi bilan birga ( faqatgina shaklda) qo’llaniladi: *U faqatgina o’zini ovutishga urunardi ( Asqad Muxtor ) Stilistik jihatdan faqat yuklamasi barcha uslublarda qo’llanila oladi. Faqat yuklamasi og’zaki nutqda paqat shaklda ham qo’llanilishi uchraydi. -gina yukamasi mustaqil so’zlar va ayrim ko’makchilarga qo’shilib, ayirib ko’rsatish, chekaralash kabi ma’nolarni bildirib keladi: Faqat daraxtlar, ariqlar, ko‘priklargina tanish. (Asqad Muxtor) -gina yuklamasi badiiy va publitsistik uslublarda ancha faol qo’llaniladi va turli xil pragmatik ma’nolarni ifotalab keladi. Shuning uchun so`zlashuv uslubida bu yuklama nofaol qatlamdan joy oladi. Bu yuklama otning -gina (-kina, -qina) kichraytirish-erkalash sub’ektiv baho qo‘shimchasi bilan omonimlik hosil qiladi. Ayrim tilshunoslar bu birliklarni urg‘u orqali farqlashgan. Ya’ni -gina urg‘u olsa erkalash ottenkasini, urg‘u olmasa ayirish ma’nosini ifodalashi aytilgan. Qiyoslash uchun : Xotin, bu gaplar kitobda`gina bor, xolos, hayot boshqa (yuklama) Hoy, aylanay, o‘g‘rigina` bolam, boshimda shunday musibat turganda ko‘zimga uyqu keladimi? (Subektiv baho ifodalovchi qo’shimcha) Download 30.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling