Nazira abdusamatova


Download 376.32 Kb.
bet5/5
Sana10.11.2023
Hajmi376.32 Kb.
#1765261
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilyosxon Inomjonov.pptx3

Yer ijarasi

  • Yer kodeksining 53-moddasiga ko‘ra, kreditlar olish uchun fermer xo‘ja-ligi o‘z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini garovga qo‘yishga haqli. Fermer xo‘jaligi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda garovga qo‘yishga haqli. Xuddi shuningdek “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasiga binoan fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi. Ular xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer xo‘jaligi tomonidan garovga qo‘yilishi mumkin.

Xulosa oʻrnida

  • Ta’kidlash lozimki, fermer xo‘jaligining yer ijarasi huquqini bank krediti uchun garov sifatida qo‘yishi yuzasidan qabul qilingan huquqiy hujjatlarning amaliyotda ishlamayotganligi ularda ishlab chiqilgan mexa-nizmning iqtisodiy mazmuni tushunarsizligi, iqtisodiyotda vujudga kelgan realliklardan uzoqdaligi, eng muhimi jarayonda kechadigan munosabat-larning barcha manfaatlarni xolisona hisobga oladigan sikl sifatida yakunlanmaganligidan darak bermoqda. Bunday holat o‘z navbatida qishloqda yerlardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmining mazmuni va doirasini kengaytirishning qo‘shimcha imkoniyat va rezervlarini safarbar qilishni taqozo qiladi, albatta. Bizningcha, ana shunday rezervlardan biri sifatida avloddan avlodga o‘tadigan tomorqa va dehqon xo‘jaligi yerlariga umrbod egalik qilish huquqini, ushbu yerlarni davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishni istisno qilgan holda, bank krediti uchun garovga qo‘yish mexanizmini amaliyotga joriy qilish lozim. Mazkur choraning zarurligi va ahamiyatini asoslash yoki isbotlashga bu yerda ehtiyoj yo‘q deb hisoblaymiz. Chunki bugungi kundagi qishloqda va umuman iqtisodiyotimizda vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy realliklarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda shunday xulosaga kelmoqdamiz.

EʼTIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.


Download 376.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling