Nazorat-o’lchov asboblari bo`yicha umumiy ma’lumotlar


Termobimetall impulsli manometr quyidagicha ishlaydi


Download 1.37 Mb.
bet7/12
Sana26.03.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1297393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'lchov asboblari

Termobimetall impulsli manometr quyidagicha ishlaydi (6-rasm). Membrana 8 ostida bosim bo’lmaganda (o’t oldirish kaliti ulangan, lekin dvigatel ishla- mayotgan hoi) datchikdagi kontaktlar bir biriga minimal kuch bilan tiralgan va termobimetall plastina chulg’ami 7 dan o’tayotgan tok uning ishchi yelkasini qizdira- di va u egilib kontaktlarni uzadi. Bir necha daqiqadan keyin plastina soviydi va to’g’rilanib, kontaktlarni yana tutashtiradi. Shu tarzda datchik kontaktlari davriy ravishda tutashib-uzilib turadi. 0’z navbatida, ko’rsatkichdagi П simon plastinaning ishchi yelkasi, unga o’ralgan chulg’amdan o’tayotgan effek- tiv tok Ieff ta’sirida qiziydi va u egilib ko’rsatkich strelkasi 10ning ishchi holatga, ya’ni shkalaning nol belgisiga keltiradi.
Datchik membranasi ostida bosim paydo bo’lganda (dvigatel ishga tushgandan keying» hoi) elastik plastina 9 kontakt bilan birgalik- da ko’tariladi va termobimetall plastinani yuqori tomonga egadi. Endi kontaktlar uzili- shi uchun bimetall plastinadagi chulg’amdan ko’proq vaqt tok o’tkazilishi talab qilinadi. Bu esa, ko’rsatkichdagi termobimetall plastinaning ishchi yelkasi ko’proq qizi- shiga, ko’proq egilishiga, va demak, strelkaning kattaroq burchakka og’ishiga olib keladi. Ko’rsatkich bimetall plastinasining ishchi yelkasi qanchalik ko’p egilishi, ya’tii strelka qanchalik katta bosim ko’rsatishi, datchik membranasi ostidagi bosimning kattaligiga va elastik plastinadagi kontakt bimetall plastina ishchi yelkasidagi kontaktga qanchalik katta kuch bilan tiralib, uni deformatsiya qilish darajasiga bog’liq.
Termobimetall plastinalarning ishchi yelkalari atrof-muhit harorati ta’sirida ham qizishi mumkinligini hisobga olib, bu turdagi manometrlardagi bimetall plastinalarning har ikkalasida ham termokompensatsiya yelkalari ko’zda tutilgan.

7-rasm. Termobimetall impulsi manometr.
1-shtutser; 2-asos; 3-qobq; 4-rezistor; 5-kantakt vinti; 6-termobimetall plastina; 7-ishchi yelka chulg’ami; 8-menbrana; 9-elastik plastik; 10-ko’rsatqich strelkasi;
Impulsli asboblarnirig tuzilishi nisbatan sodda va ularda tashqi rriuhit harorati o’zgarishini yaxshi kompensatsiya qilish mexanizmi mavjud. Ammo kontaktlarning tutashib-uzilish jarayoni, ular orasida uchqun chiqishiga va bu sezilarli radioxalaqitlarni vujudga kelishiga olib keladi. Ish jarayonida kontaktlar kuyadi, yemiriladi, o’lchamlari o’zgaradi va natijada, datchikning ham dastlabki ko’rsatkichlari o’zgaradi, o’lchash aniqligi pasayadi. Shuning uchun oxirgi vaqtda bu turdagi bosim o’lchash asboblari reostat datchikli logometrik manometrlar bilan almashtirilmoqda.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling