10-rasm Elektromagnitli yonilg’i sathi ko’rsatkichi.
magnit maydon po’lat yakorchani va u bilan birga strelkani o’z magnit kuch chiziqlari bo’ylab yo’naltiradi. Yonilg’i sathi o’zgarganda datchik reostatining qarshiligi ham o’zgaradi. Natijada 5 va 7 g’altaklardan o’tayotgan tok va ularda hosil bo’layotgan magnit niaydonlarning o’zaro ta’siri o’zgaradi. Bu, natijaviy magnit maydon va unga mos ravishda strelkaning holati o’zgarishiga olib keladi. Asbob tok maobayidan ajratilganda, posangi 1 strelkani dastlabki holatiga qaytaradi.
Yonilg’i sathini o’lchash asboblaridagi logometrik ko’rsatkichlar tuzilishi, Harorat va bosim o’lchash asboblarining logometrik ko’rsatkichlari (3-rasm) bilan bir xil bo’lib, bir-biridan - g’altaklardagi o’ramlar soni va rezistorlar kattaligi bilan farq qiladi. Logometrik ko’rsatkichlarning o’lchash aniqligi elektromagnitli ko’rsatkichlarga nisbatan ancha yuqori, chunki ularda Harorat o’zgarishi bilan o’zining magnit o’tkazuvchanligini o’zgartirib turuvchi ancha salmoqli magnit o’tkazgichlar yo’q. Bundan tashqari, logometrik ko’rsatkichlarda strelkaning burilishburchagi nisbatan katta. Strelka va yakorchaga posangi kerak emas, chunki ular dastlabki holatiga ko’rsatkich qobig’iga joylashtirilgan kichkina doimiv magnit yordamida qaytariladi.
Avtomobil tezligini va dvigatel valining aylanish chastотasini nazorat qilish asboblari
Harakat tezligi bosib o’tilgan yo’l va dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasini nazorat qilish uchun avtomobillar spidometr va taxometrlar bilan jihozlanadi.
Spidometrlar ishlash prinsipi bo’yicha magnitoinduksiyali va elektrli turlariga bo’linadi. Spidometr harakatni egiluvchan val (po’lat tros) yordamida uzatmalar qutisiga o’rnatilgan reduktordan yoki uzatmalar qutisiga joylashtirilgan generator- da hosil bo’lgan EYuK ta’sirida aylantiriladigan elektrodvigateldan oladi.
Spidometr tezlik o’lchash va hisoblash mexanizmlaridan iborat. Tezlik 0’1- chash mexanizmi, spidometrning kirish validagi aylanma harakatni ko’rsatkich- strelkaning shkalaga nisbatan harakatiga aylantirib beradi. Hisoblash mexanizmi spidometrning kirish validagi aylanma harakatni, sirtiga bosib o’tilgan yo’lni ko’rsatuvchi raqamlar yozilgan, hisoblash barabanchalarining aylanma harakatiga o’zgartirib beradi.
11-rasm. Spidometrning o’lchash mexanizmi
Do'stlaringiz bilan baham: |