Nazorat-o’lchov asboblari bo`yicha umumiy ma’lumotlar
-rasm. Avariya harorat xabarchilarining dachiklari
Download 1.37 Mb.
|
O\'lchov asboblari
5-rasm. Avariya harorat xabarchilarining dachiklari.
a - TM104 datchigi va uning ulanish sxemasi: 1 - chiqish qisqichi, 2 - izolyator, 3 - ballon, 4 - bimetall plastina, 5, 7 - kontaktlar, 6 - cheklagich, 8, 9 - tok o’tkazgich plastinalar, 10 - xabarchi chiroq. b - TM 111 datchigi: 1 - chiqish qisqichi, 2 - izolyator, 3- rostlash murvati, 4, 6 - kontaktlar, 5 - qobiq, 7 - qisuvchi shayba, 8 - bimetall plastina, 9 - shtekker. с -РС403-Б datchigi: 1 -chiqish qisqichi, 2 - izolyator, 3 - rostlash murvati, 4 - tirgak, 5 - rostlanuvchi plastina, 6, 9 - kontaktlar, 7 - bimetall plastina, 8 - ballon. Nazorat qilinayotgan muhit harorati ortishi bilan bimetall plastina 4 ham qiziy- di va past tomonga qarab egila boshlaydi. Harorat ma’lum xavfli qiymatga yetganda, bimetall plastinaning egilishi shu darajaga yetadiki, u kontaktlar 5 va 7 ni tutashtiradi. Bu holda avtomobilning asboblar panelida joylashtirilgan qizil xabarchi chiroq 10 yonadi. Datchik TM111 (5- b rasm) qalin jez qobiq 5 dan iborat bo’lib, uning ichki qismiga uchiga kontakt 5 joylashtirilgan sirtmoqsimon termobimetall plastina 8 shayba 7 yordamida qisib qo’yilgan. Murvat 3 bilan birgalikda yasalgan tarelkasimon kontakt 4 izolyator 2 ning ichiga o’rnashtirilgan chiqish qisqichi 1 ning rezbasi bo’ylab harakatlanishi mumkin. 4 va 6 kontaktlar orasidagi masofani o’zgartirish hisobiga datchik kontaktlari tutashish Haroratni 92...98 °C doirasida o’rnatish mumkin. Bu turdagi datchiklar КамАЗ avtomobil- larida qo’llangan. Datchik РС403-Б (5- с rasm) JIA3 va ЛиАЗ avtobuslarining avtomatik uzatma qutisidagi moy haroratini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Uchiga kontakt 9 o’rnatilgan bimetall plastina 7 korpusga biriktirilgan. Kontakt 6 esa rostlanuvchi plastina 5 ga o’rnatilgan bo’lib, u chiqish qisqichi 1 ga ulangan. Kontaktlarning tutashish Harorat, 127...143 °C doirasida murvat 3 yordamida o’rnatiladi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling