Nazorat savollari Analizator nima?


Download 87.87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.12.2020
Hajmi87.87 Kb.
#168155
TuriАнализ
Bog'liq
Ergashev Jamshidbek 18.69 guruh talabasi nazorat savollariga javoblar


Nazorat savollari 

 

1.Analizator nima?  



2.Sezgi turlari ayting?  

3.Eksteroretseptorlar, proprioretseptorlar va interoretseptorlar misollar bilan 

tushuntiring?  

4.Qaysi xromatik ranglar va axromatik  ranglar  deb  ataladi. Misollar keltiring.  

5.Ko‘r  dog‘ni  topish  usulini tushuntiring?  

6.Sezgi adaptatsiyasi deb nimaga aytiladi?  

7.Sezgilarning  o‘sishi deganda nimani tushunasiz? 

 

 

                                        Javoblar 



1.  Анализатор деганда, ташқи маълумотларни қабул қилувчи, қайта ишловчи 

ва жавоб реакциясини сақловчи нерв тузилмалари тушунилади. Нерв 

системасида кўрув, эшитув, таъм билиш, ҳид сезиш, умумий сезги, 

ҳаракат ва нутқ анализаторлари фарқ қилинади. 

Анализаторлар маркази бош мия пўстлоғининг турли соҳаларида 

жойлашган. Масалан, кўрув анализатори энса, эшитиш анализатори чакка

ҳаракат анализатори пешона, сезги анализатори тепа бўлагида, нутқ 

анализаторлари эса чакка ва пешона бўлакларида жойлашган. Агар нутқ 

анализатори зарарланса нутқ бузилади, ҳаракат анализатори зарарланса 

фалажлик ривожланади, эшитиш анализатори зарарланса инсон 

эшитмайдиган бўлиб қолади ва ҳ.к. 

 

2.    Psixologiya  fanida  sezgilar  uchta  katta  guruhga  ajratil-gan  (eksteroretseptiv, 



prioretseptiv, interoretseptiv) bular, o'z navbatida, yana quyidagi turlarga bo'linadi: 

 

a)  Ko'rish sezgilari. 



b)  Eshitish sezgilari. 

c)  Hid bilish sezgilari (eksteroretseptiv). 

d)  Ta'm bilish sezgilari. 

e)  Teri sezgilari. 

f)  Muskul-harakat (kinestetik). 

g)  Statik sezgilar (proprioretseptiv). 

h)  Organik sezgilar (interoretseptiv). 


 

3.Eksteroretseptorlar organizmning sirtida bo’ladi — ko’rish, eshitish, hid bilish, 

ta’m (maza) bilish, teri sezgisi, muskul harakat sezgisi va or­ganik sezgi organlari 

shu jumladandir. 

 

Bu a’zolar tashqi sezgi a’zolari deb ataladi. Organizmimizdan tashqaridagi narsa va 



hodisalarning  xossalari  ana  shu  a’zolar  yordami  bilan  aks  ettiriladi.  Shu  a’zolar 

orqali  kelib  chiqadigan  sezgilar  (ko’rish,  eshitish  sezgilari  va  hokazo) 

eksterioretseptiv sezgilar deb ataladi. 

 

 



 

Proprioretseptorlar muskul, pay va boylamlarda bo’ladi. Organizmimizning ayrim 

a’zolarning turli harakatlarini va vaziyatini ana shu a’zolar yordami bilan sezamiz. 

Bu a’zolar proprioretseptiv sezgilar deb ataladi.Muskul harakat sezgilari (knestetik 

sezgilar) va muvozanat sezgilari (statik sezgilar) shular jumlasidandir. *  

 

Interoretseptorlar  gavdamiz  ichidagi  organlar  teri,  me’da,  ichak,  jigar,  o’pkada 

bo’ladi. Ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish or­ganlari va shunga o’xshash 

ichki  organlardagi  jarayonlar  (qo’zg’alishlar)  vujudga  keltiradigan  sezgilar  shu 

retseptorlar  yordami  bilan  belgilanadi.  Bu  sezgilar  interoretseptiv  sezgilar  deb 

ataladi. Organik sezgilar degan sezgilar interoretseptiv sezgilar hisoblanadi. 

 

 



4.Yorug’lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o’tib, singanda hosil bo’ladigan 

ranglar  xromatik  ranglar  deb  ataladi.  Xromatik  ranglar  kamalak  ranglari  bo’lib, 

bunga qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko’k va binafsha ranglar kiradi.  

Bu ranglarning tur-lari nihoyatda xilma-xil bo’lib, juda ko’pdir. 

 

Oq  rang  bilan  qora  rang,  shuningdek,  xilma-xil  hamma  kul-ranglar  axromatik 



ranglar deb ataladi. 

 

5. Savolga tushunmadim 



 

6.  Adaptatsiya  (lot.  Adaptatio  –  mos-lashuv)  –  1)  organizmning  turli  yashash 

sharoitlariga  moslashishi;  2)  sezgi  a’zolarining  o‘ziga  ta’sir  etadigan 

qo‘zg‘atuvchilarga  moslashishi  natijasida  ularda  sezgirlik  darajasining  o‘zgarishi 

(mas, ko‘zning yorug‘lik yoki qorong‘ilikka moslashuvi). Qo‘zg‘atuvchining ta’sir 

kuchi o‘zgarishi bilan sezgirlik ham o‘zgaradi. Qo‘zgatuvchilar sust ta’sir etganda 

sezgirlik oshadi, kuchli ta’sir etganda esa kamayadi.  Adaptatsiya hodisasi hamma 


tashqi sezgilar (ko‘rish, eshitish, hid, ta’m, badan sezgisi) ga xosdir. Taktil, harorat, 

hid  va  ko‘rish  sezgilarida  Adaptatsiya  kuchli,  eshitish  va  og‘riq  sezgilarida  ku-

chizdir.  Ichki  sezgilar  (mas,  tashnalik,  ochlik)  ga  nisbatan  adaptatsiya  hosil 

bo‘lmaydi. Adaptatsiya organizmning normal hayot faoliyatini saqlab turishini, atrof 

muhitning  turli  omillari:  temperatura  va  iqlimning  o‘zgarishiga  (qarang  Iqlimga 

moslashish), balandlikka (qarang Balandlik kasalligi), ko‘pgina infeksion agentlarga 

(qarang  Im-munitet)  moslanishini  ta’minlaydi.  Adaptatsiya  reaksiyasi  moddalar 

almashinuvi  intensivligining  uzluksiz  o‘zgarib  turishiga  asoslangan.  Odam 

organizmining  mos-lashuv  reaksiyasi  (A.  Reaksiyasi)ni  tez  (spesifik)  va  sekin 

(nospesifik), tug‘ma (tur evolyutsiyasi jarayonida shakllan-gan) yoki orttirilgan (har 

bir  organizm  uchun  o‘ziga  xos)  reaksiyalarga  bo‘lish mumkin.  Mas,  og‘ritadigan 

omil  ta’si-riga  javoban  oyoq-qo‘lni  tortib  olish,  jismoniy  ish  qilganda  nafas 

olishning kuchayishi, qon oqimi hamda yurak fao-liyatining tezlashishi va qonning 

qayta  taqsimlanishi,  qorong‘ida  ko‘z  yorug‘lik  sezish  layoqatining  zo‘rayishi  – 

bularning  hammasi  tug‘ma  tez  adaptatsiya  reaksiyalaridir.  Har  bir  kishining  turli 

yashash  sha-roitlariga  moslashish  imkoniyati  uning  irsiyati,  yoshi,  sog‘lig‘i  va 

boshqalarga bog‘liq. 

 

7.Sezgilarning  jadalligi  ularning  miqdoriy  tavsifidan  iborat  bo’lib,  u  ta’sir 



qilayotgan  qo’zg’atuvchining  kuchi  va  retseptorning  funksional  holati  bilan 

belgilanadi. 

 

Sezgilarning  davomiyligi  ularning  vaqtincha  ekanligi  bilan  ifodalanadi. 



Sezgilarning  davomiyligi  ham  sezgi  a’zolarining  funksional  holati  bilan, 

shuningdek, qo’zg’a-tuvchining ta’sirqilish vaqti hamdajadalligi bilan olchanadi. 

 

Qo’zg’atuvchi  sezgi  asosigata’sirko’rsatishi  bilan  darhol  sezgi  hosil  bo’lmaydi, 



balki u bir qancha  daqiqadan keyin  vujudga keladi. Ana  shu qisqa  vaqt sezgining 

latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri sezgi turlariga qarab har xil fursatda 

kechadi. Masalan, taktil sezgilari uchun latent davri 130 millisoniya, og’riq sezgilari 

uchun esa 370 millisoniyaga to’g’ri keladi, maza-ta’m sezgisi esa til yuzasiga ta’sir 

etil-gandan so’ng 50 millisoniyagacha vaqt oralig’ida hosil bo’ladi. 

 

Qo’zg’atuvchi  ta’sir  ko’rsata  boshlashi  bilan  qo’zg’alish  hosil  bo’lmaganidek, 



qo’zg’atuvchining  ta’siri  to’xtagan  zahoti  sezgi  ham  yo’qolmaydi.  Vaholanki, 

Sezgilarning  incrsiyasi  (sezgilarning  saqlanishi)  ta’siridan  keying!  Hodisasi  deb 



ataladigan narsada namoyon bo’ladi. 

 

Download 87.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling