Nazorat savollari. Avtomatika elementlari qanday xususiyatlarga ega?
Download 15.45 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar 1.
Nazorat savollari. 1. Avtomatika elementlari qanday xususiyatlarga ega? 2. Avtomatika elementlarning statik tavsifnomalari qanday? 3. Element sezgirligi deb nimaga aytiladi? 4. Nostabillik deb nimaga aytiladi? 5. Sezgirlik chegarasiga ta’rif bering? Javoblar 1. Avtomatika elementlari tizimning eng asosiy qismi bo’lib, quyidagi funksiyalardan birini bajaradi: - nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay ko’rinishdagi signalga o’zgartirish (birlamchi o’zgartgich - datchiklar); - bir energiya ko’rinishidagi signalni boshqa energiya ko’rinishdagi signalga o’zgartirish (elektromexanik, termoelektrik, pnevmoelektrik, fotoelektrik va xakozo o’zgartgichlari); - signal tabiatini o’zgartirmasdan uning kattaliklarini o’zgartirish (kuchaytirgichlar); - signalning ko’rinishini o’zgartirish (analog-raqam, raqam analog o’zgartkichlari). - signalning formasini o’zgartirish (taqqoslash vositalari), - mantiqiy operatsiyalarni bajarish (mantiqiy elementlar), - signallarni taqsimlash (taqsimlagich va kommutatorlar), - signallarni saqlash (xotira va saqlash elementlari), - programmali signallarni hosil qilish (programmali elementlar), - bevosita jarayonga ta‘sir qiluvchi vositalar (ijrochi elementlar). Avtomatika elementlarining funksiyalari xar hil bo’lganiga qaramay, ularning parametrlari umumiy hisoblanadi va ularga quyidagilar kiradi: - statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari; - uzatish koeffitsiyenti (sezgirlik, kuchaytirish va stabilizatsiya koeffitsiyentlari); - xatolik (nostabillik); - sezgirlik chegarasi. 2. Xar bir avtomatika elementi uchun turg’unlashgan rejimda kirish X va chiqish signallari U orasida u=f(x) bog’liqlik mavjud. Ushbu bog’liqlik elementning statik tavsifnomasi deyiladi. Ko’rinish bo’yicha (2.1.-rasm) avtomatika elementlarining statik tavsifnomalari uch guruxga ajratiladi: a) chiziqli, b) uzluksiz nochiziqli, v) nochiziq uzlukli. Avtomatika elementining ishlash sharoitlari turg’unlashmagan, ya‘ni X va U qiymatlari vaqt davomida o’zgarilayotgan payti dinamik rejim deyiladi. Chiqish qiymatining vaqt davomida o’zgarishi esa dinamik tavsifnomasi deyiladi.
koeffitsiyenti, ya‘ni element chiqish kattaligining kirish kattaligiga bo’lgan nisbatiga teng. Avtomatik tizimlarning elementlari miqdor va sifat o’zgartirishlarni bajaradi. Miqdor o’zgartirishlar kuchaytirish, stabillash va boshqa koeffitsiyentlarni nazarda tutadi. Sifat o’zgartirishda bir fizikaviy kattalik ikkinchisiga o’tadi. Bu holda o’zgartirish koeffitsiyenti element sezgirligi deyiladi. 4. Avtomatika elementining yana bir muhim tavsifnomasi – element (kirish kattaligi o’zgarishiga bog’lik bo’lmagan) chiqish kattaligining o’zgarishidan hosil bo’lgan o’zgartirish xatosidir. Bu xatoga sabab atrof-muhit xaroratining, ta‘minlash kuchlanishining o’zgarishi va kabilar bo’lishi mumkin. Element xarakteristikalarining o’zgarishi natijasida paydo bo’ladigan hato nostabillik deb ataladi.
o’zgartirish qobiliyatiga ega bo’lgan qiymati sezgirlik chegarasi deyiladi. Avtomatika elementlari mustahkamlik bilan xam xarakterlanadi. Elementlarning sanoat ekspluatatsiyasida o’z parametrlarini yo’l qo’yiladigan chegarada saqlash qobiliyatiga mustahkamlik deb ataladi. Mustahkamlik elementni loyihalash vaqtida hisoblanadi va uni ishlab chiqarilgandan so’ng ekspluatatsiya jarayonida sinaladi. Download 15.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling