Nazorat savollari “Ilk qadam” tayanch dasturining tuzilishi va mazmuni haqida ma’lumot bering
Tasviriy qobiliyatlami rivojlantirish bosqichlari
Download 18.28 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-amaliy
Tasviriy qobiliyatlami rivojlantirish bosqichlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishda tarbiyachi-pedagoglarining roli muhim ahamiyatga ega. Chunki tarbiyachi-pedagoglar bolaning bog‘chadagi kundalik hayoti davomida turli mashg‘ulotlar, ko‘ngilochar o‘yinlar, bayram ertaliklari, mehnat faoliyati orqali ularning qobiliyat va imkoniyatlarini namoyon etish bilan birgalikda muntazam rivojlantirib boradilar. Zero, qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Malakali tarbiyachi–pedagog ta’lim-tarbiya jarayonida bolalardagi ijodkorlikni, iste’dod qirralarini shakllantirishga va rivojlantirishga yordam beradi. O‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, izlanuvchan tarbiyachilargina bolalarda ijodiy qobiliyatni shakllantirishga harakat qiladi va bolalarning qiziqishlarini yanada oshirish uchun ta’lim-tarbiyaning turli vositalari, metod va shakllaridan foydalanadi. Jumladan, bolalarning ijodiy ishlari: rasm chizish, loy va plastilindan narsalar yasash, tabiiy va tashlandiq materiallardan narsalar yasash, milliy hunarmandchilik bo‘yicha yasalgan buyumlaridan ko‘rgazmalar tashkil etadi va musobaqalar uyushtiradi. Bolaning fantaziyasi kuchli bo‘ladi. U qo‘liga tushgan oddiygina bir narsada o‘zi hohlagan shaklni ko‘radi va tasavvur qiladi. Ayniqsa, bolaning qo‘liga bir parcha qog‘oz berilsa, bola uni hohlasa qayiq, hohlasa samolyot, hohlasa paqilloq, hohlasa varrak, hohlasa geometrik figuralar shakliga kiritadi, yoki bog‘cha opasidan va ota-onasidan, aka-opalaridan o‘zi хohlayotgan narsani yasab berishlarini so‘raydilar. Agar ular хohlagan narsalarni yasab berishmasa harxashi qilishlari tayin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga estetik tarbiya berish masalalari har doim ta’lim tarbiya ishining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib kelgan.Halqimiz azaldan ma’naviy fazilatlarga boy bo‘lib kelgan. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida ularning hulq-atvori, yurish-turishiga, jamiyatda o‘zini tutishiga ayniqsa e’tibor qaratilgan. Ularning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatishlarini, o‘rinsiz nojo‘ya harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikni bola tarbiyasining ahamiyatli omili deb qaraganlar. Tаsviriy fаоliyatning bоlаlаrning tаbiаt bilаn tаnishtirish, nutq o’stirish, musiqа mаshg’ulоtlаri bilаn bоg’liqligi. Tаbiаt hаmmа vаqt tаsviriy ijоdiyotning mаzmuni bo’lib хizmаt qilаdi. Bоlаlаrning rаsmlаri tаbiаt хаqidаgi bilimlаrini аniqlаshtirish, mustахkаmlаsh uchun yordаm bеrаdi, bundаn tаshqаri bоlаlаrdа o’shа kаsbgа nisbаtаn estеtik хis–tuyg’ulаrni uyg’оtаdi, bu esа хаyotlаrini yanаdа mаzmunli vа qiziqаrli qilishgа yordаm bеrаdi. Download 18.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling