Nazorat savollari Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday? 2
-chizma. Marketing axborot tizimining modeli
Download 56.17 Kb.
|
Nazorat savollari Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing razvedkasi
22-chizma. Marketing axborot tizimining modeli.
Zamonaviy marketingning axborot tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: 1. Marketing faoliyatini shakllantirishda korxonaning ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish. 2. Korxonaning bozordagi marketing faoliyatining strategik va operativ qarorlarini ishlab chiqish uchun tashki sharoitlarning rivojlanishi haqidagi axborot. 3. O’ziga xos harakterdagi qo’shimcha ma'lumotlarni olish maqsadida korxonada o’tkaziladigan maxsus marketing tadqiqotlari natijalari haqidagi axborot. 4. Marketing axborotiga ishlov berish tizimi (ma'lumotlarni yig’ish, ularni tahlil qilish va prognozlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda). MATning asosiy vazifasi marketing qarorlarini qabul qilishda noaniqlikni kamaytirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni doimo to’plab borishdan iborat. Tashqi manbalardan ma'lumotlar asosan marketing razvedkasi va marketing tadqiqotlari asosida olinadi. Marketing razvedkasi - bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab chiqish va ularni to’g’rilash uchun zarur bo’lgan marketing tashqi muhitining o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni to’plash bo’yicha tizimli faoliyatdir. Ichki axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing razvedkasi tashqi muhitda ro’y berishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’rganishga mo’ljallanadi. Marketing razvedkasi ma'lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma'muriyat, muhandislar, xaridlar bo’yicha agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta'minotchilar, vositachilar va xaridorlar etkazib berishlari mumkin. Razvedka ma'lumotlarini maxsus tadqiqotchi firmalardan ham olish mumkin. Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib beradi. Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va boshqa resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning samaradorligi cheklangan resurslarni tovar assortimenti va marketing dasturlariga optimal joylashtirish sharti bilan amalga oshiriladi. Bu erdan asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning o’sishi uchun mahsulot tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur, boshqacha qilib aytganda xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat'iy nazorat siyosatini olib borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z ishida marketing qarorlarida quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi kerak: mahsulotning me'yoriy va haqiqiy tannarxi;
foydalilik nuqtasi;
129 с Download 56.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling