13. Qushlarning tana harorati qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan ?
A) 31-42 B) 38-40 C) 36,6 D) 41-42
14. Temperaturaning eng quyi ( past ) chegarasini ko’rsating?
A) 0˚C B) -273,15˚C C) -373˚C D) -293˚C
15. Gapni to’ldiring:“ Tibbiyot termometrining o'lchash chegarasi … dan … ( °C ). “
A) 35…37 B) 35…42 C) chegaralanmagan D) 35…45
16. Yelkanli kemada yoz kunining qaysi vaqtida dengizga chiqqan ma’qul: kunduzimi yoki kechasi ? __________________________
17. Normal atmosfera bosimida ______________ 100 °C temperaturada qaynaydi.
18. Inson aralashuvi bilan hosil qilinadigan yorug’lik manbalari __________________ manbalar deb ataladi
19. Yorug’likning _______________________ burchagi deb, tushgan nur bilan nur tushgan nuqtaga o’tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchakka aytiladi.
20. Quyosh to’la tutilganda boshqa vaqt ko’rinmaydigan qaysi hodisani kuzatish mumkin ? “________________________________. ”
Javoblar:
№
|
|
№
|
|
№
|
|
1
|
C
|
8
|
D
|
15
|
B
|
2
|
C
|
9
|
A
|
16
|
Kechasi
|
3
|
A
|
10
|
D
|
17
|
Suv
|
4
|
B
|
11
|
D
|
18
|
Sun'iy manbalar
|
5
|
B
|
12
|
C
|
19
|
Tushish
|
6
|
B
|
13
|
D
|
20
|
" Quyosh toji "
|
7
|
C
|
14
|
B
|
|
|
7 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Yorug’lik hodisalari
Nazorat shakli: Yozma ish
I – variant
1. Fokus masofasi 40 sm bo’lgan linzaning optik kuchini toping.
2. Quyoshdan Yergacha bo’lgan masofa 150 000 000 km, yorug’likning bo’shliqdagi tezligi
300 000 km/s. Quyosh nurlari Yerga qancha vaqtda yetib keladi ?
3.Optik kuchi 20 dptr bo’lgan linzaning fokus masofasi necha sm ga teng ?
Javoblar: D=2,5 dptr 2) t=500 s = 8,3 min 3) F=5 sm
II – variant
1. Optik kuchi 8 dptr bo’lgan linzaning fokus masofasi necha sm.ga teng ?
2. Oydan qaytgan Quyosh nurlari Yerga qancha vaqtda yetib keladi ? Yerdan Oygacha bo’lgan masofa 384 000 km,yorug’likning bo’shliqdagi tezligi 300 000 km/s.
3. Fokus masofasi 10 sm bo’lgan linzaning optik kuchini toping.
Javoblar: !) F=12,5 sm 2) t = 1,29 s 3) D=10 dptr
III – variant ⃰
1. Linzaningfokus masofasi 20 sm. Uning optik kuchi nimaga teng ?
2. Yorug’likning suvdagi tezligi 225 000 km/s. Suv ostida 11,5 km masofani yorug'lik qancha vaqtda bosib o'tadi ?
3. Optik kuchi 50 dptr bo’lgan linzaning fokus masofasi necha sm ga teng ?
Javoblar: 1) D=5 dptr 2) t=0,000051 s 3) F=2 sm
8 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Tovush hodisalari
Nazorat shakli: Test
I – variant
1.Fizikaning tоvush hоdisаlаrini о`rgаnаdigаn bо`limi qanday аtаlаdi ?
A) meхаnikа B) akustikа C) optikа D) kinemаtikа.
2. 1 sekunddа yuz bergаn tо`lа tebrаnishlаr sоni qanday аtаlаdi ?
A) dаvr B) burchak C) chаstоtа D) amplituda
Do'stlaringiz bilan baham: |