Nazorat shakli: Fizik diktant I – variant 1


Download 344.34 Kb.
bet58/63
Sana10.01.2023
Hajmi344.34 Kb.
#1086816
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
2 5413772165977739287

5 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Mexanik tebranishlar va to'lqinlar
Nazorat shakli: Yozma ish
I – variant
1. Prujinaga osilgan 100 g massali yuk 2 Hz chastota bilan tebranmoqda. Prujina bikrligi, tebranish davri va davriy chastotasini toping.(π2=10 deb oling).
2. Matematik mayatnik diametri 4 sm bo'lgan metall sharcha va uzunligi 98 sm bo'lgan vaznsiz ipdan tashkil topgan. Agar uning tebranish davri 2 s ga teng bo'lsa, erkin tushish tezlanishini hisoblang. (π2=10 deb oling).
3. Ultratovush 20 000 Hz chastota va 350 m/s tezlikda tarqalmoqda. To'lqinning uzunligini va davrini hisoblang.
Javoblar: ω=4π T=0,5 s k=16 N/m 2) g=10 m/s2 3) λ=17,5 mm T=50 μs


II – variant
1. Rossiyadagi Isaaki soborida o'rnatilgan Fuko mayatnigining uzunligi 98 m. Mayatnikning tebranish davri , chastotasi va davriy chastotasini toping. g=9,8 m/s2,
2. Bikrligi 40 N/m ga teng bo'lgan prujinali mayatnikning tebranish davri 0,2 s ga teng bo'lsa, undagi yuk massasini aniqlang ( π2=10 deb oling )
3. Suvda tarqalayotgan to'lqinlarning tarqalish tezligi 7,2 m/s va ularning ikkita do'ngliklari orasidagi masofa 2,4 m. To'lqinning tarqalish chastotasini va davrini hisoblang.
Javoblar: 1) T=20 s, ν=0,05 s ω=0,1π 2) m=40 g 3) ν=3 Hz T=0,33 s
6 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Termodinamika va elektrostatika
Nazorat shakli: Fizik diktant
I – variant
1. ___________________________________________________ deb,sistema biror holatga o'tganda, oxirgi holatdan boshlang'ich holatga o'sha oraliq holatlar orqali teskari ketma-ketlikda o'tishga aytiladi. 2. Har qanday modda molekulalari doimiy harakatda bo'lgani uchun ular _______________________________________ energiyaga ega bo'ladi. 3. Molekulalar orasida o'zaro ta'sir kuchlari borligi uchun esa ular __________________________________ energiyaga ega bo'ladi. 4. Jismning ________________ energiyasi jismni tashkil etuvchi zarralarning harakatiga va bir-biriga nisbatan joylashuviga bog'liq bo'ladi. 5. Termodinamik sistemaga beriladigan ___________________________________ miqdori uning ichki energiyasining ortishiga va tashqi kuchlarga qarshi bajaradigan ishining yig'indisiga teng bo'ladi. 6. Bu termodinamikaning birinchi qonuni bo'lib, u " __________________________ _____________________________ " yaratish mumkin emasligini bildiradi. 7. Adiabatik jarayonda ______________ ichki energiyaning o'zgarishi hisobidan bajariladi. 8. Ideal issiqlik mashinasida FIK isitkich va sovitkichning ______________________________ lari bilan aniqlanadi. 9. Dizel dvigatellarida FIK ______________ % gacha yertadi. 10-11. Har qanday ___________________________________ ichidagi jismlar zaryadlarining _________________________ yig'indisi o'zgarmaydi. 12.Maydon kuchlanganligi _______________________ formula bilan aniqlanadi. 13-14. Kuchlanganlik chiziqlari _____________________ ishorali zaryaddan chiquvchi, _________________________________ ishorali zaryadga kiruvchi bo'ladi. 15. Elektr maydonida joylashtirilgan dielektrikning elektr maydonini necha marta susaytirganligini ko'rsatuvchi kattalik __________________________________________________________________ deyiladi.
16. Nuqtaviy zaryaddan bir xil masofadagi fazodagi barcha nuqtalar potensiali bir xil bo'lib, ular birlashtirilib chiqilsa, hosil bo'ladigan sirt __________________________________________ sirt deyiladi. 17-18-19. Bir jinsli elektr maydonida q zaryadni ko'chirishda bajarilgan ish ko'chirish yo'lining ______________________ ga bog'liq bo'lmay, faqat zaryad ko'chgan nuqtalarning _____________________________________ va _____________________________ vaziyatlariga bog'liq bo'ladi. 20. W=qU/2=CU2/2=q2/2C - formulalar zaryadlangan kondensator energiyasini ifodalaydi.

Download 344.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling