Nazorat test. 2-variant
Download 21.67 Kb.
|
1-Nazorat test.2-variant
Nazorat test.2-variant. 1. AaBb genotipli organizmlarni o’zaro chatishtirilishidan olingan avlodda birinchi geni (A,a) bo’yicha geterozigita va gomozigota individlar nisbatini aniqlang? A) 8:8 B) 9:6 C) 9:4 D) 3:4 2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi vakillarida uchramaydigan xususiyatlarni aniqlang? 1.yurak qorinchasida aralash qon bo’lishi. 2.ko’krak toj suyagi. 3.miya katta yarimsharlarida burmalarning bo’lishi. 4.o’mrov suyagi. 5.tashqi urug’lanish. 6.gastrulyatsiya jaroyoni qat-qat yo’l bilan kechishi. A) 2,3,6 B) 2,4,5 C) 1,3,5 D) 2,5,6 3. Chatnaydigan(a) va chatnamaydigan(b) o`simliklarni aniqlang. 1.Omad 2.Samarqand-3 3.Sanzor 4.Ulug`bek-600 5-AN-402 6-Namangan-34 A)a-2,6 b-3,4 B)a-1,4 b-2,3 C)a-4,6 b-1,2 D)a-3,4 b-5,6 4. Alternativ belgilari soni noma’lum (barcha belgilari bir-biridan keskin farq qiluvchi autosomada mustaqil holda irsiylanuvchi belgilar nazarda tutilgan) 2 ta genotip chatishtirilganda 729 ta genotipik sinflar hosil qilgan organizmlarning fenotipik guruhlari soni, 32 ta fenotipik guruh hosil qilgan organizmlarning genotipik guruhlar sonidan qanchaga farq qiladi? A) 243 B) 211 C) 179 D) 32 5. Odam skeletidagi suyaklar soni yig’indisi to’g’ri tenglashtirilgan javobni aniqlang? 1.son va boldir suyaklari = o’mrov va yettim qovurg’alar; 2.bo’yin va dumg’oza umurtqalari = chin va yettim qovurg’alar; 3.boldir va o’mrov suyaklari = to’sh suyaki va bo’yin umurtqalari; 4.bilak-tirsak va yelka suyaklari = to’sh va bel umurtqalari. A) 2,4 B) 1,3 C) 1,4 D) 2,3 6. Lishayniklar (a) va bakteriyalar (b) faoliyati bilan bog’liq jarayonlarni aniqlang? 1.transduksiya jarayonini sodir bo’lishi 2.yem-xashak o’simliklaridan silos bostirish 3.atmosfera havosini ifloslanganlik darajasini aniqlash mezoni 4.g’o’zada vilt kasaligini yuzaga kelishi A) a-3 b-1 B) a-4 b-2 C) a-2 b-3 D) a-3 b-2 7. Qovurg’alarning necha jufti ko’krak umurtqalariga-1,necha jufti bevosita to’shga-2, necha jufti bilvosita to’shga-3 birikkan; necha jufti to’shga birikmagan-4. a) 2 juft b) 7 juft c) 12 juft d) 3 juft A)1-a,2-b,3-c,4-d. B)1-c,2-b,3-a,4-d. C) 1-c,2-b,3-d,4-a D) . 1-b,2-c,3-d,4-a 8. Batatga xos bo’lgan ma’lumotlarni aniqlang. 1.fotorof organizm lar; 2.nafas olganda kislorod yutadi; 3.produsent organizm; 4.konsument organizm;5.generativ organi gul; A) 1,2,3,5 B) 3,4,5,6 C) 1,2,4,6 D) 2,3,4,6 9. pbr322ni parchalovchi fermentlar qaysi guruhga mansub? A) Proteaza B) Lipaza C) Karbogidraza D) Nukleaza 10. Ekologik piramida o’simlik-quyon-lochindan iborat. Lochining massasi quyonnikidan 810 kg ga kam bo’lsa, lochinning biomassasini aniqlang. A) 80 B) 90 C) 30 D) 60 11. Yogʻochligi qattiq, mayda kurtakli chin(a) va soxta(b) mevali daraxtlarni aniqlang. A) a - yongʻoq; b - zarang; B) a - oʻrik; b - olma; C) a - tut; b - saksovul D) a - oʻrik; b - qayragʻoch 12. Hayvon zotlariga oid noto’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. A) Simmental sersut – go’sht yo’nalishida, Gereford go’sht yo’nalishida boqiladi B) Lekgorn tuxum yo’nalishida, Plimutrok go’sht yo’nalishida boqiladi C) Hisordan mayin jun olinadi, Romanovdan po’stinbop teri olinadi D) Laqay salt miniladigan, Vladimir og’ir yuk tortadigan ot zotlaridir 13. Belgilarni irsiylanishiga oid no’to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. A) Donining rangi qizil va oq bo’lgan bug’doy o’simligi avlodining don rangi pushti bo’ladi B) Digomozigota ikki xil genotipli doni pushti rangli bug’doy o’simliklari avlodining genotipi digeterozigota xolatda bo’ladi C) Donning rangi och pushti va qizil bo’lgan bug’doy o’simliklari o’zaro chatishtirilsa avlod don rangioch qizil va oq bo’ladi D) Digeterozigota pushti donli va oq donli bug’doylar o’zaro chatishtirilsa avlodda och pushti donli o’simliklar xosil bo’ladi 14. Autekologiya (a) va sinekologiya (b) qanday hodisalarni o’rganadi? 1) kannibalizm; 2) transduksiya; 3) panmiksiya; 4) parazitizm; 5) simbioz; 6) tugunak baktriyalarning faoliyati A) a-1,3; b-2,5,6 B) a-2,5,6; b-1,3 C) a-2,5,6; b-1,2,4 D) a-1,2,4; b-5,6 15. t-RNK da 130 ta (26%) uratsil bor. Shu t-RNK ni sintezlagan DNK qo’sh spiralidagi jami nukleotidlarni toping. A) 500 B)1000 C) 650 D)2000 16. Daraxtlar bilan oziqlanuvchi hayvonni aniqlang. A) gizol B) Gnu antilopasi C) jirafa D) zebra 17. Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog’ining faqat o’ng qismi funksiyalari aniqlang. 1) hisob-kitob markazi 2) nutqdagi intonatsiyani boshqaradi; 3) gapirishni ta’minlaydi; 4) mo‘ljal olishni ta’minlaydi; 5) geometrik shakllar haqidagi axborotlarni analiz qiladi; 6) ko’rish markazi 7) o'qish qobiliyatini nazorat qiladi; 8) ohangni idrok qilishni nazorat qiladi. A) 3, 5; B) 4, 5; C) 4, 7; D) 1, 4; 18. Qaysi era va davrda qalin yungli karkidonlar, mastodontlar va dengiz sigirlari odamlar tomonidan qirib yuborilgan? A) kaynozoy, uchlamchi B) mezozoy, yura C) mezozoy, trias D) kaynozoy, to’rtlamchi 19. Parmeliyadagi qaysi xususiyatlar achitqi zamburug'ida uchramaydi? 1) avtotrof oziqlanish; 2) geterotrof oziqlanish; 3) hujayrasi yadroga ega; 4) hujayrasi xitin qobiqli; 5) saprofit organizm; 6) ko‘p hujayrali organizm A) 2, 5 В) 2 ,4 С) 1, 6 D) 3 ,6 20. Quyida keltirilgan organizmlar nechta sinfga tegishli? 1) qozonyuvg'ich; 2) tripanasoma; 3) volvoks; 4) planariya; 5) suli; 6) jigar qurti; 7) itsigak; 8) bitiniya A) beshta B) oltita C) uchta D) to‘rtta 21. Noto’g’ri ma’lumotlar soni nechta ? 1) bosh skeleti tuzilishiga ko’ra g’alvirsimon va g’ovak suyaklardan iborat; 2) yuz suyaklari harakatsiz chok orqali birikadi; 3) chin qovurg’alar soni bo’yin umurtqalari sonidan ikki barobar ko’p; 4) dumg’aza va bel umurtqalari soni o’zaro teng; 5) yelka suyagi bog’im orqali birikadi; 6) chanoq suyaklari choksiz birikadi; A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 22. Noto‘g’ri ma’lumot keltirilgan javobni aniqlang. A) oq ayiq Arktika muzliklarida yashashi bilan qo‘ng‘ir ayiqdan farq qiladi B) tuvaloq yerga in qurishi bilan ko‘rgalakdan farq qiladi C) grenlandiya tyuleni quloq suprasinining bo‘lmasligi bilan dengiz mushugidan farq qiladi D) jayra qoziq tishlarining bo‘lmasligi bilan ko‘k sug‘urdan farq qiladi 23. Qaysi oilalarda barglar yonbargchali ? a) ra’nodoshlar; b) sho’radoshlar; c) burchoqdoshlar; d) tokdoshlar; e) ituzumdoshlar; f) gulxayridoshlar. A) a,c,d B) d,e,f C) b,c,f D) a,b,c 24. 5 molekula glukozadan hosil bo’lgan ATF tarkibidagi energiyani (kJ) aniqlang. A) 4720 B) 7600 C) 4000 D) 1840 25. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. 6600 malekular og`irlikdagi oqsil……… A) plastik almashinuv mahsuloti hisoblanadi; 48 aminokislotaning peptid bog' orqali birikishidan hosil bo'lgan B) katabolizm mahsuloti; 54 ta peptid bog'dan tashkil topgan C) plastik almashinuv mahsuloti; aminokislotalarning birikishi natijasida 54 ta suv ajralib chiqishidan hosil bo'lgan D) transkripsiya mahsuloti; 165 nukleotid qatnashadi, 54 ta aminokislotadan iborat. 26. Tirik organizmlarning faoliyati mahsulotlari bo’lgan moddalarni aniqlang. 1) olmos; 2) toshko’mir; 3) olmos; 4) zumrad; 5) neft; 6) kvars; 7) marmar; 8) granit; 9) atmosfera gazlari; 10) ohaktosh A) 2,5,9,10 B) 1,2,9,10 C) 1,3,4,6,7,8 D) 2,3,5,6,7,8 27. Faqat urug’chisi qo’shilgan, mevasi ko’pincha tubidan ikki pallaga bo’linib ochiladigan o’simliklarni aniqlang. 1) oq sho’ra; 2) cherkez; 3) qurttana; 4) o’sma; 5) tog’arpa; 6) rediska; 7) iloq; 8) turp; A) 1,2,5,7 B) 1,2,7 C) 3,4,6,8 D) 2,3,5,7 28. Suyak plastinka (a); muguz plastinka (b); tishsimon o’simta (c) mavjud hayvonlarning turkumini toping. A) a-bakra; b-kitsimonlar; c-skat B) a-bakra; b-kitsimonlar; c-akula C) a-suyak- tog’aylilar; b-kurakoyoqlilar; c- akulalar D) a-suyak-tog’aylilar; b-kurakoyoqlilar; c-skat 29. Fotosintez jarayoniga oid 3 ta xato fikrni aniqlang? 1. Fotosintez - bu quyosh energiyasidan foydalangan holda organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qilish jarayoni. 2. fotosintez ikki bosqichga – yorug'lik va qorong'ulik reaksiyalariga ega; 3. Yorug'lik bosqichida karbonat angidrid kamayadi va ATF parchalanadi; 4. Yorug'lik bosqichida suvning fotolizi paytida erkin kislorod hosil bo'ladi; 5. Qorong'ulik bosqichda NADF · 2H va glyukoza sintezlanadi. 6. Qorong'ulik bosqichi xloroplastlarning tilakoidlarida davom etadi. 7. fotosintez jarayoni tirik tizimlarni organik moddalar va kislorod bilan ta'minlaydi. A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 5 C) 3, 5, 6 D) 4, 5, 6 30. Exinakokkning oraliq ho’jayini hisoblangan zotlar (a) va asosiy ho’jayini hisoblangan turlar (b) ko’rsatilgan javobni toping. A) a – hisor, gereford; b – bo’ri, zubr B) a – muflon, qorabayir; b – yenotsimon it C) a – simmental, yevropa turi; b – it va yirtqichlar D) a – merinos, orlov yo’rg’asi; b – korsak, chiyabo’ri Download 21.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling