Javob: mo‘tadil havo massalari
O‘rta Osiyoda eng sifatli marmar_______________________________konidan qazib olinadi.
Javob: G‘ozg‘on konidan
3- NAZORAT ISHI
Mavzu: O‘rta Osiyo suvlari.
Nazorat shakli: Test sinovi.
1. O‘rta Osiyoning qaysi daryolari Qoraqum cho‘llaridan oqib o‘tadi?
a) Amudaryo, Surxondaryo, Tajan; b) Surxondaryo, Ili, Norin;
c) Amudaryo, Tajan, Murg‘ob; d) Murg‘ob, Sirdaryo, Amudaryo.
2. O‘rta Osiyoning eng uzun daryosi qaysi ?
a) Sirdaryo; b) Amudaryo; c) Murg‘ob; d) Ili.
3. Kattaqo‘rg‘on va Quyimozor suv ombori qaysi daryoda bunyod etilgan?
a) Sangzorda; b) Murg‘obda; c) Sirdaryoda; d) Zarafshonda.
4. Ili daryosi o‘z suvini qaysi ko‘lga quyadi?
a) Orolga; b) Zaysanga; c) Balxashga; d) lssiqko‘lga.
5. O‘rta Osiyodagi qaysi daryolar Shimoliy Muz okeani havzasiga tegishli?
a) To‘rg‘ay, Sarisuv; b) Chu, Ili; c) Tobol, Ishim; d) Sirdaryo, Murg‘ob.
6. Qaysi ko‘lning sohilidan neft, gaz va turli tuzlar qazib olinadi?
a) Kaspiy; b) Issiqko‘l; c) Balxash; d) Orol.
7. Quyida qaysi daryoning uzunligi berilgan? (1384 km)
a) Zarafshon daryosi; b) Tobol; c) Ili; d) Murg‘ob.
8. Ili daryosining manbayini aniqlang.
a) Sharqiy Tyanshan tog‘lari; b) Qozog‘iston past tog‘lari;
c) Bandi Turkiston tog‘lari; d) Xontangri tog‘ massivi.
9.Chordara va Norak suv omborlari qaysi daryolarga qurilgan?
a) Qashqadaryo va Amudaryoda; b) Sirdaryo va Ilida;
c) Sirdaryo va Vaxshda; d) Chirchiq va Oqdaryoda.
10. Aydarko‘l ko‘li O‘rta Osiyoning qaysi davlatlaridan biriga tegishli?
a) Qozog‘iston; b) Tojikiston; c) O‘zbekiston; d) Qirg‘iziston.
11. O‘rta Osiyoda nechta daryo bor?
a) 10 000; b) 8000; c) 12000; d) 6000.
Do'stlaringiz bilan baham: |