14. Qanday holatda elektr stansiyani yoqilg‘i manbayiga yaqin joyda qurish maqsadga muvofiq hisoblanadi?
A) agar yoqilg‘ini tashib kelish xarajati elektr energiyasini uzatish xarajatidan ortiq bo‘lsa;
B) agar energiyani uzatish qimmatga tushsa;
C) iste’molchilar miqdori kam bo‘lsa;
D) iste’molchilar miqdori yuqori bo‘lsa;
15. O‘zbekistonning qaysi shaharlarida issiqlik elektr markaz (IEM)lari mavjud?
A) Andijon, Namangan, Farg‘ona; B) Toshkent, Navoiy, Andijon;
C) Farg‘ona, Muborak, Toshkent; D) Buxoro, Nukus, Xiva.
Testlar javobi
№
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
Javob
|
A
|
C
|
D
|
A
|
B
|
D
|
B
|
A
|
B
|
C
|
A
|
C
|
D
|
A
|
C
|
Javobi yoziladigan testlar javobi
16. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston sanoatida …………………………………., …………………………………………, …………………………… va metallga ishlov berish, yengil va oziq-ovqat sanoatlari yetakchilik qilmoqda.
Javob: gaz qazib chiqarish, rangli metallurgiya, mashinasozlik
17. …………………………………………………….. – ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planishi.
Javob: ishlab chiqarishning markazlashuvi
18. …………………………………………………….. – tayyor mahsulot tayyorlashda bir qancha korxona qatnashadigan ishlab chiqarish shakli.
Javob: kooperativlashuv (hamkorlik)
19. Mahsulot birligini olish (aytaylik, 1 t neft qazib chiqarish) uchun ketadigan pulda ifodalangan hamma xarajat ………………………………………………………… deyiladi.
Javob: Mahsulot tannarxi
20. ………………………… - ko‘mir kukunini bosim ostida yoki yopishqoq moddaga aralashtirib zoldir shakliga keltirilgan mahsulot.
Javob: Briket
NAZORAT ISHI (NI) – III
Nazorat shakli: Test sinovi
Mavzular: Kimyo sanoati - Avtomobilsozlik
1. O‘zbekistonda kimyo sanoatining shakllanishi qachondan boshlangan?
A) 1940-yilda Chirchiq elektr-kimyo kombinati ishga tushishi bilan;
B) 1957-yilda Samarqandda superfosfat zavodi ishga tushishi bilan;
C) 1998-yilda Qizilqum fosforit kombinati ishga tushishi bilan;
D) 1932-yilda Sho‘rsuv oltingugurt koni ishga tushirilishi bilan.
2. Kapron ishlab chiqarish uchun tabiiy ipak tayyorlashga qaraganda necha barobar kam mehnat sarf qilinadi?
A) 20 barobar; B) 10 barobar; C) 30 barobar; D) 15 barobar.
3. Xo‘jaykon, Borsakelmas, Boybichakon va Oqqal’a kabi konlarda osh tuzining qancha zaxirasi bor?
A) 100 mlrd tonna; B) 200 mlrd tonna;
C) 90 mlrd tonna; D) 10 mlrd tonna.
4. Kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorga muvofiq 2018 – 2030-yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni necha barobarga oshirish rejalashtirilgan?
A) 5 barobar; B) 4,5 barobar; C) 5,5 barobar; D) 2,5 barobar.
Do'stlaringiz bilan baham: |