12. Bundan I asr avval mamlakatimiz bo‘yicha aholining zichligi har bir kvadrat kilometrga necha kishini tashkil etgan?
A) 20-30 kishi; B) 30-40 kishi; C) 10-11 kishi; D) 5-10 kishi.
13. 2017-yilga kelib mamlakatimizda necha mingdan ortiq chaqaloq dunyoga keldi?
A) 723,4 ming; B) 513 ming; C) 624 ming; D) 716 ming.
14. Aholining mamlakatdan ko‘chib ketishiga nima deyiladi?
A) Migratsiya; B) Immigratsiya;
C) Emigratsiya; D) Ichki migratsiya.
15. Mamlakatimizda 2016-yilga kelib aholining umr davomiyligi necha yoshni tashkil etdi?
A) 73,8 yosh; B) 70,8 yosh; C) 66,4 yosh; D) 73,0 yosh.
Testlar javobi
№
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
Javob
|
A
|
C
|
A
|
D
|
C
|
A
|
B
|
C
|
D
|
B
|
A
|
C
|
D
|
C
|
A
|
Javobi yoziladigan testlar javobi
16. O‘zbekistonda dengiz sathidan 400 metr balandlikkacha bo‘lgan joylar ………………………………….. hisoblanadi.
Javob: cho‘l mintaqasi
17. Respublikamizda dengiz sathidan ………………………… metrgacha baland bo‘lgan qismi adir mintaqasini tashkil etadi.
Javob: 400 – 1200 metr
18. ………………………..O‘zbekistonda adirdan baland joylarga, ya’ni dengiz sathidan 1200 metrdan baland bo‘lgan joylarga to‘g‘ri keladi.
Javob: Tog‘ mintaqasi
19. Baland tog‘larning yonbag‘irlarida, past tog‘larning tepa qismida ………………………… mintaqasi mavjud.
Javob: Yaylov mintaqasi
20. O‘zbekistonning umumiy yer maydoni …………………gektarni tashkil etadi.
Javob: 44,4 mln gektar
NAZORAT ISHI (NI) – II
Nazorat shakli: Test sinovi
Mavzular: O‘zbekiston aholisining tarkibi – Elektroenergetika
1. Kishilarning mehnat faoliyati qanday sohalarga bo‘linadi?
A) moddiy ne’mat ishlab chiqaruvchi va moddiy ne’mat ishlab chiqarmaydigan;
B) unumli va unumsiz;
C) foydali va foydasiz;
D) dehqonchilik va chorvachilik.
2. Nima sababdan moddiy ne’mat ishlab chiqarmaydigan sohaning roli va bu sohada ishlovchilar soni ortib boradi?
A) aholi turmush tarzining o‘sishi bilan;
B) o‘rtacha umr davomiyligini ortishi bilan;
C) fan va texnikaning rivojlanishi bilan;
D) tibbiyot sohasining rivojlanishi bilan.
3. Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyot tarmoqlarining qurilish sohasida necha foiz mehnatga yaroqli aholi band hisoblanadi?
A) 4,8%; B) 11,0%; C) 13,5%; D) 9,5%.
Do'stlaringiz bilan baham: |