Nazorat topshiriqlari
Nazorat shakli: Test sinovi
Download 475 Kb.
|
5-10-sinf nazorat ishlari yangi
Nazorat shakli: Test sinovi
Mavzular; Fransiya Respublikasi - Qirg‘iziston Respublikasi 1. Fransiya Yevropa mamlakatlari ichida aholi soni bo‘yicha nechanchi o‘rinda turadi? A) 5-o‘rin; B) 4-o‘rin; C) 7-o‘rin; D) 6-o‘rin. 2. Fransiyaningatom elektr stansiyalarida mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qancha qismi to‘g‘ri keladi? A) 60 %; B) 70 %; C) 80 %; D) 90 %. 3. Fransiyaga ayrim yillarda tashrif buyuruvchi turistlar soni necha mln kishidan oshadi? A) 75 mln; B) 60 mln; C) 80 mln; D) 50 mln. 4. Italiyada XXI asrning o‘zida nechta kuchli zilzila ro‘y bergan? A) 8 ta; B) 10 ta; C) 6 ta; D) 4 ta. 5. Italiyada mamlakatning eng yirik va rivojlangan iqtisodiy markazlari uning qaysi qismida joylashgan? A) janubida; B) shimolida; C) g‘arbida; D) sharqida. 6. Italiya milliy iqtisodiyotining eng daromadli tarmoqlaridan biri to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) chorvachilik; B) dehqonchilik; C) baliqchilik; D) turizm. 7. Quyidagi davlatlardan qaysilari birdaniga uchta okeanga chiqish imkoniyatiga ega? A) Rossiya, AQSH, Kanada; B) Meksika, Kanada, Argentina; C) Xitoy, Yaponiya, AQSH; D) Norvegiya, Finlandiya, Buyuk Britaniya. 8. Quyidagi hududlardan qaysi biri eksklav geografik o‘ringa ega? A) Buryatiya; B) Mordoviya; C) Kaliningrad; D) Kamchatka. 9.Rossiya Federatsiyasi YIM hajmi bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda turadi? A) 8-o‘rin; B) 10-o‘rin; C) 6 -o‘rin; D) 4-o‘rin. 10. Elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiya jahonda nechanchi o‘rinda turadi? A) 8-o‘rin; B) 10-o‘rin; C) 6-o‘rin; D) 4-o‘rin. 11. Rossiyaning “AvtoVAZ” korxonasi qaysi shaharda joylashgan? A) Qozon; B) Tolyatti; C) Moskva; D) Sankt-Peterburg. 12. Rossiya barcha turdagi mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda qaysi davlatdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi? A) Xitoy; B) AQSH; C) Germaniya; D) Braziliya. 13. Osiyo qit’asida joylashgan, hududi 500 ming km2 dan ziyod bo‘lgan davlatlar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Eron, Mongoliya, Turkiya, Yaman; B) Bahrayn, Singapur, Maldiv Respublikasi, Qatar, Mongoliya, Qozog‘iston; C) Pokiston, Turkiya, Afg‘oniston, Myanma, Yaman, Tailand; D) Armaniston, Ozarbayjon, Vyetnam, Laos, Yaponiya, Indoneziya; 14. Osiyoda mutlaq monarxiya boshqaruv shakliga ega bo‘lgan davlatlar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Mongoliya, Yaman; B) Bahrayn, Singapur, Maldiv Respublikasi, Qatar; C) Myanma, Yaman, Tailand, BAA; D) Saudiya Arabistoni, Ummon, Qatar, Bruney. 15. Sug‘oriladigan yerlarning kattaligiga ko‘ra qaysi davlatlar jahonda birinchi va ikkinchi o‘rinlarda turadi? A) Xitoy, Hindiston; B) Rossiya, Kanada; C) Rossiya, AQSH; D) Xitoy, AQSH. 16. Osiyodagi qaysi davlatlar turizm va xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan hisoblanadi? A) Kambodja, Bangladesh, Shri-Lanka; B) Kipr, Livan, Maldiv Respublikasi; C) Sharqiy Timor, Laos, Butan; D) Vyetnam, Tailand, Turkiya. 17. Quyidagi javoblardan qaysi birida, Osiyo qit’asida joylashgan, “Ko‘chirilgan kapitalizm” tipidagi rivojlangan davlat nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Yaponiya; B) Singapur; C) Isroil; D) Turkiya. 18. Qozog‘iston Respublikasining “millioner” shaharlari nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) Nur-sulton, Qarag‘anda, Ekibastuz; B) Ko‘kshetau, Aqto‘be, Taraz; C) Qo‘stanay, Aqtau, Pavlodar; D) Almati, Nur-Sulton, Shimkent. 19. Dunyo bo‘yicha jami qazib olinayotgan uranning qancha qismi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi? A) 40 %; B) 60 %; C) 30 %; D) 50 %. 20. Qirg‘izistondagi Kumtor konidan qanday foydali qazilma qazib chiqariladi? A) ko‘mir; B) surma; C) kumush; D) oltin. NAZORAT ISHI JAVOBLARI
Download 475 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling