Nazorat topshiriqlari
Download 475 Kb.
|
5-10-sinf nazorat ishlari yangi
NAZORAT ISHI (NI) –VIII
Nazorat shakli: Geografik diktant Mavzular: Janubiy Afrika Respublikasi – Braziliya 1. ………………………………………………….. Afrika qit’asining chekka janubiy qismida joylashgan, qirg‘oqlari janubi-g‘arbda Atlantika, janubi-sharqda Hind okeani suvlari bilan yuviladi. Javob: Janubiy Afrika Respublikasi 2. JARdagi ……………………………. shahri Janubiy yarim shardagi eng yirik port-shaharlardan biri. Javob: Keyptaun 3. JAR qit’a davlatlari orasida aholi soni bo‘yicha …………………. – o‘rinda turadi. Javob: 6 4. Janubiy Afrika Respublikasi qit’adagi iqtisodiy jihatdan ……………………… davlat hisoblanadi. Javob: eng rivojlangan 5. JARda chorvachilikning noodatiy tarmog‘i - ………………………………larni boqish ham rivojlangan. Javob: tuyaqush 6. Nigeriyaning eng katta tabiiy boyligi – uning ………………… zaxiralari hisoblanadi. Javob: neft 7. Nigeriyada 6 ta “……………………...........” shahar mavjud. Javob: millioner 8. Nigeriyaning shimoliy va g‘arbiy shtatlarida islom dini, sharqiy va janubiy shtatlarida esa, …………………………. dini ko‘proq tarqalgan. Javob: xristian 9. ……………………………,………………………., ……………………………, …………………………… Nigeriya chorvachiligining asosiy tarmoqlari hisoblanadi. Javob: Qoramolchilik, qo‘ychilik, echkichilik, cho‘chqachilik 10. Foydali qazilmalardan Misrda, asosan, ……………………., ………………..., …………………………, …………………………… konlari mavjud. Javob: neft, tabiiy gaz, temir rudasi, fosfarit 11. Nil daryosida jahondagi eng yirik suv omborlaridan biri …………………… suv ombori barpo etilgan. Javob: Asvon 12. Misrning eng yirik shaharlari qatoriga ……………………, …………………… va ………….................. kiradi. Javob: Qohira, Iskandariya, Giza 13. Misr Arab Respublikasining davlat byudjeti uchun ……………………………. orqali kemalar tranzitidan tushadigan bojlar muhim daromad manbayidir. Javob: Suvaysh kanali 14. ………………………………………….. bir butun materikni to‘liq egallagan jahondagi yagona davlat. Javob: Avstraliya Ittifoqi 15. Avstraliyaning tub aholisi - ………………………………………………….. – davlat aholisining atigi 1 % ini tashkil etadi. Javob: avstraliyalik aborigenlar 16. Avstraliyaning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini, ko‘p jihatdan, ………………… va ……………………… sanoati belgilaydi. Javob: tog‘ – kon, yoqilg‘i 17. Avstraliya ko‘mir, suyultirilgan gaz, uran, qora va rangli metallarning katta qismi Osiyo davlatlari, birinchi navbatda, ……………………….ga eksport qilinadi. Javob: Xitoy 18. Avstraliya dehqonchiligi …………………………, …………………………. va ……………………………ka ixtisoslashgan. Javob: donchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik 19. Amerikada faqatgina 2 ta davlat - ……………………… va …………………… - bevosita dengizga chiqish imkoniyatiga ega emas. Javob: Boliviya, Paragvay 20. …………………………………….. jahon mamlakatlari orasida maydoni jihatidan 4-, aholisi soni bo‘yicha esa 3-o‘rinda turadi. Javob: Amerika Qo‘shma Shtatlari Download 475 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling