11. Tabiiy hodisa va jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishiga nima deyiladi?
A) Ritmiklik; B) Zonallik; C) Azonallik; D) Davriylik;
12. Okeanlardan uzoqlashgan sari quruqlik ichkarisiga tomon iqlim xususiyatlarining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarib borishiga nima deyiladi?
A) Sektorlik; B) Zonallik; C) Azonallik; D) Ritmiklik;
13. Ortiqcha namlik sharoitida doimo yoki uzoq vaqt zax bo‘lib yotadigan, namsevar o‘simliklar va torf qatlami mavjud bo‘lgan yerlar nima deyiladi?
A) O‘rmonzor; B) To‘qayzor; C) Botqoqlik; D) Cho‘llar;
14. To‘qay deb qanday joylarga aytiladi?
A) Ortiqcha namlik sharoitida doimo yoki uzoq vaqt zax bo‘lib yotadigan, namsevar o‘simliklar va torf qatlami mavjud bo‘lgan yerlar;
B) Daryo bo‘ylaridagi daraxt – buta – o‘t o‘simliklaridan iborat qalin changalzor o‘rmon;
C) Okeanlardan uzoqlashgan sari quruqlik ichkarisiga tomon iqlim xususiyatlarining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘zgarib boradigan joylar;
D) Cho‘l va chalacho‘llarda suv chiqarib obod qilingan yer;
15. Voha deb qanday joylarga aytiladi?
A) Ortiqcha namlik sharoitida doimo yoki uzoq vaqt zax bo‘lib yotadigan, namsevar o‘simliklar va torf qatlami mavjud bo‘lgan yerlar;
B) Okeanlardan uzoqlashgan sari quruqlik ichkarisiga tomon iqlim xususiyatlarining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘zgarib boradigan joylar;
C) Daryo bo‘ylaridagi daraxt – buta – o‘t o‘simliklaridan iborat qalin changalzor o‘rmon;
D) Cho‘l va chalacho‘llarda suv chiqarib obod qilingan yer;
Do'stlaringiz bilan baham: |