Nazorat topshiriqlari
Download 475 Kb.
|
5-10-sinf nazorat ishlari yangi
NAZORAT ISHI (NI) –VII
Nazorat shakli: Test sinovi Mavzular: Hindiston Respublikasi - Afrika mamlakatlarining aholisi va xo‘jaligi 1. Hindistonda aholining 80 % i qaysi dinga e’tiqod qiladi? A) islom; B) buddizm; C) xristianlik; D) induizm. 2. Hindiston Yalpi ishki mahsulot hajmiga ko‘ra jahonda nechanchi o‘rinda turadi? A) 3-o‘rin; B) 5-o‘rin; C) 2-o‘rin; D) 4-o‘rin. 3. Hindiston iqtisodiyotining asosini qanday sanoat tarmoqlari tashkil etadi? A) rangli metallurgiya, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati; B) elektroenergetika, qurilish, avtomobilsozlik sanoati; C) metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati D) aviaraketa kosmos, metallurgiya, yog‘ochsozlik. 4. Hindiston ekin maydonlarining kattaligiga ko‘ra, jahonda qaysi davlatdan keyin 2-o‘rinda turadi? A) Xitoy; B) AQSH; C) Kanada; D) Rossiya. 5. Hindistondagi qaysi shahar butun dunyoga mashhur zamonaviy axborot texnologiyalatning markazi hisoblanadi? A)Bangalor; B) Mumbay; C) Haydarobod; D) Ahmadobod. 6. Fors qo‘ltig‘i bo‘yidagi qaysi davlatlar neft bilan ta’minlanganlik bo‘yicha alohida ajralib turadi? A) Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA; B) Bahrayn, Qatar, Ummon; C) Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon; D) Saudiya Arabistoni, Kuvayt, BAA. 7. Quyida keltirilgan davlatlarning qaysilari boshqaruv shakliga ko‘ra mutlaq monarxiya davlatlari hisoblanadi? A) Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA; B) Bahrayn, Qatar, Ummon; C) Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon; D) Saudiya Arabistoni, Kuvayt, BAA. 8. Quyida keltirilgan davlatlardan qaysi birida aholining 90 % ga yaqinini xorijiy migrantlar tashkil etadi? A) Kuvayt; B) BAA; C) Qatar; D) Ummon. 9. Fors qo‘ltig‘i davlatlarida dehqonchilikning rivojlanishi nima uchun cheklangan? A) suv resurslari yetishmaydi; B) yer resurslari yetishmaydi; C) ishchi kuchi resurslari yetishmaydi; D) agroiqlimiy resurslar yetarli emas. 10. Bromo, Krakatau, Selak, Tamboro kabi harakatdagi vulqonlar qaysi davlat hudida uchraydi? A) Filippin; B) Tailand; C) Malayziya; D) Indoneziya. 11. Musulmonlar soni bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda turuvchi davlat nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. A) Saudiya Arabistoni; B) Turkiya; C) Indoneziya; D) Pokiston. 12. Boshqaruv shakliga ko‘ra Malayziya qanday davlat hisoblanadi? A) mutlaq monarxiya; B) konstitutsion monarxiya; C) federativ respublika; D) prezidentlik respublikasi. 13. Malayziya hududining 40 % ini egallagan yarimorol qismida mamlakat aholisining qancha qismi istiqomat qiladi? A) 80 %; B) 75 %; C) 60 %; D) 50 %. 14. Konstitutsiyasiga ko‘ra, quyidagi dinlardan qaysi biri Malayziyaning davlat dini maqomiga ega? A) sintoizm; B) konfutsiylik; C) buddizm; D) islom. 15. Quyidagi davlatlardan qaysi biri so‘nggi yillarda xorijiy sayyohlar sonining ko‘pligi bo‘yicha jahonning yetakchi 10 ta mamlakatlari qatoriga kirmoqda? A) Singapur; B) Yaponiya; C) Malayziya; D) Bruney. 16. Singapur aholisining asosiy (75 %) qismini qaysi millat vakillari tashkil qiladi? A) malaylar; B) xitoylar; C) hindlar; D) tamillar. 17. Quyidagi shaharlardan qaysi biri dunyodagi eng yirik port shaharlardan biri hisoblanadi? A) Singapur; B) Kuala-Lumpur; C) Bangkok; D) Yangon. 18. “Afar” so‘zi finikiyaliklar tilida qanday ma’noni anglatgan? A) qora tanli; B) toza odam; C) loyqa; D) chang. 19. 1847-yil AQSHning yordamida barpo etilgan G‘arbiy Afrikadagi davlat nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. A) Mali; B) Niger; C) Liberiya; D) Angola. 20. Afrika davlatlari orasida aholi soni jihatidan yetakchi bo‘lgan davlat nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) Efiopiya; B) Nigeriya; C) Misr; D) Tanzaniya. NAZORAT ISHI JAVOBLARI
Download 475 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling