Название O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim
hunarmand ahlining yig’indisi
Download 89.92 Kb. Pdf ko'rish
|
SARMATLAR VA ULARNING BIRLAShMASI (DAVLATI) - O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand..
hunarmand ahlining yig’indisi”ni ifodalovchi nom deb qaraydi.
Shuningdek, “sart” etnik nom emas”, 2 degan fikrni ham aytgan. Sart atamasi qachon va qanday paydo bo’lgan, qaysi elatlarga tegishli? kabi savollar ko’pchilikni qiziqtirishi tabiiydir. Bu haqda manbalarda har xil tarzda bo’lsa-da, anchagina fikrlar bor. Shuni ta’kidlash lozimki, “sart” atamasi bo’yicha o’tmish manbalarida ham ba’zi ma’lumotlar mavjud.Ammo ularda ham “sart”etnik xususiyati har xil talqin etilgan. Masalan, Miloddan oldin II asrda yashab o’tgan grek muarrixi Polien o’zining “Harbiy hiylalar” nomli asarida O’rta Osiyo mintaqasi haqida to’xtalib, Eron shohi Kirning bosqinchilik yurishlarida sartlarning jasorati haqida ham hikoya qiladi. E’tibor bering Polien sarmatlarni sartlar nomi bilan midiyaliklar deb atagan. (Balki o’sha davrlarda Midiya hududlarida sarmatlar sartlar nomi bilan ham atalgandir, ular nufuzli qabilalardan bo’lib, hukmronlik doirasida turishgan. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yashagan tatar olimi X.A.Abushiyning sarmatlar haqidagi fikrlari ham bu mulohazani tasdiqlashi mumkin.) Chunonchi, Polien hikoyasida Kir sartlar bilan Midiyadagi Midan shahri uchun jang qilgan. Midanga uch marta hujum qilinganda sartlar shaharni yuksak jasorat ko’rsatib, mardonavor himoya qilishgan. Kir Midanga to’rtinchi martaba hujum qilib, sartlar qarshiligini bir muncha sindirsa-da, shaharni to’liq qo’lga kirita olmaydi. Shunda Kir hiyla ishlatib, sulh tuzadi va sartlarni mag’lub etishga erishadi 1 . Demak, ushbu ma’lumotlarda “sart” etnik xususiyatga ega bo’lganligi seziladi. XI asrning tilshunos va elatshunos olimi Mahmud Koshg’ariy esa “Devonu lug’otit turk” asarida esa sartlarni qabila yoki urug’ sifatida tariflanmagan, balki savdo-sotiq bilan shug’ullanadigan kishilar toifasiga nisbatan, ya’ni “savdogar” ma’nosida qo’llagan 2 . Shunga ko’ra, so’nggi davr olimlarimizdan ba’zilar “sart”etnik nom emas deb qarashadi. Tilshunos olim sifatida Alisher Navoiy esa “sart”atamasini etnik nom sifatida qaragan. U o’zining “Muhokamat-ul lug’atayn” (Ikki til muhokamasi) asarida o’zbek va tojik tillari lug’at boyligini qiyoslash jarayonida “sart” atamasini tojiklarga nisbatan qo’llaganligini kuzatamiz. Hatto, Alisher Navoiy sortlarning siyosiy saltanatlari ham bo’lganiga shama qilgan. Masalan, “To mulk arab va sort salotinidin turk xonlariga intiqol topdi...Turk tili bila shuaro paydo bo’ldilar” kabi 3 . Shunga ko’ra V.V.Bartold ham “sart” atamasini “tojik” ma’nosini beradi, deb qaragan 4 . “Sart” va “tojik” atamasi bo’yicha A.Asqarovning quyidagi fikr- mulohazalari ancha qiziqarli va diqqatga molikdir. Olim ushbu masalada qayd etilgan kitobining bir necha sahifasida yozma manbalar asosida fikr-mulohazalarini bildirgan. Xususan, kitobning 296-300-sahifalarda bayon etilgan mulohazalar xarakterlidir. Unda O’rta Osiyo mintaqasida XX asrgacha yetib kelgan etnik holatni tahlil etib, o’lkadagi aholini uch toifaga bo’lgan. Shundan birinchisi, Turkistonning “sart” atamasi bilan ataluvchi o’troq aholisi; ikkinchisi qadimdan shu zaminda o’troq hayot kechirib kelayotgan muqim turklar; uchinchisi, Dashti qipchoq o’zbeklaridir. Bulardan ikkitasi, ya’ni sartlar va muqim Download 89.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling