FAsining akademiklari) esa “
sartlar turklashgan sug’diylar
edi”, degan fikrni olg’a suradilar.
Ikkinchi qarash tarafdorlari “sart”ning alohida etnik birlik, etnos
ekanligini inkor etadilar (bunday g’oya Sherali Lapin, M.
Behbudiy, I. Magidovich kabilar fikrlarida aks etgan). Ayniqsa,
Sh.Lapin 1894 yilda matbuotda V.V.Bartold bilan bu masalada
qattiq bahslashgan. Uningcha, “sart” etnik kelib chiqishidan qat’i
nazar, O’rta Osiyoning tubjoy aholisi hamda alohida “sart” tili
bo’lmaganidek,
“sart” degan alohida etnos ham, maxsus xalq
ham yo’q....Demak, “sart” aniq bir etnos, elat yoki xalq bo’lmay,
Turkistonning mahalliy turkiy va eroniy etnik qatlamlari
qorishuvidan tarixan tarkib topgan turkiy tilli
yirik ijtimoiy
toifadir.
Xullas, aytilgan mulohazalar tahliliydan kelib chiqib, akademik
A.Asqarov quyidagicha yakuniy fikrga kelgan: Birinchidan,
“sart” va “tazik”atamalari sinonim so’zlar bo’lib, har ikkalasi
ham dastlab
savdogar ma’nosini anglatgan (ammo, yuqorida
qayd etilgan, dastlab istilochi arablar bilan O’rta Osiyoga kirib
kelgan
tazik nomli
arab toifasidagi savdogarlarini eslang-U.S.).
Ikkinchidan, VIII-IX asrlarda
sug’dlar savdogarlarni “tazik”
deb atashgan va keyinchalik sug’dlarning o’zini ham tevarak-
atrof aholisi shu nom bilan atashgan. Uchinchidan, IX-X
asrlardan boshlab
sug’dcha “tazik” forscha “tajik”ka
aylangan. “Sart”atamasi esa(“tazik”ning sinonimi tarzida) til
jihatdan
turkiylashgan sug’diylar bo’lib, dastlab har ikkala
tilning, ya’ni sug’diy-tojik va turkiy-o’zbek sohiblari sifatida,
keyinchalik (XVII asr oxirlarida) faqat
eski o’zbek tilida
Do'stlaringiz bilan baham: