[Название родукта] Маркетинговый лан


Download 300.12 Kb.
bet3/3
Sana21.04.2023
Hajmi300.12 Kb.
#1370837
1   2   3
Bog'liq
Taqlid undov va modal soʻzlar

Taqlid sozlar

  • Taqlid soʻzlar sharpa, tovush, shola, harakatlarning obrazi boʼlgan soʻzlardir. Taqlid sozlar ikki guruhni tashkil qiladi:
  • 1) tovushga taqlid soʻzlar. Tovushga taqlid soʻzlari tabat va jamiyatda uchraydigan xilma-xil tovushlarni nutqqa koʻchirilishi asosida yuzaga keladi: inga-inga, pix-pix, vov, uv, qag-qag, taq, gurs, gumbur kabilar;
  • 2) harakat va holatga taqlid soʻzlar. Harakat va holatga taqlid soʻzlar tabiatda uchraydigan turli narsa va hodisalarning harakat va holatlarni soʻzlar vositasida ifodalanishi asosida vujudga keladi: yalt, lip, lik - lik, yalp - yalp, bij - bij kabilar.

Taqlid sozlar yakka va takror holda ishlatiladi. Takroriy taqlid soʻzlar asosida davomiylik, takrorlanish kabi manolarni ifodalanadi. Qiyoslang:

  • Taqlid sozlar yakka va takror holda ishlatiladi. Takroriy taqlid soʻzlar asosida davomiylik, takrorlanish kabi manolarni ifodalanadi. Qiyoslang:
  • U piq etib kuldi. U piq-piq kuldi.
  • Tovushga taqlid soʼzlarga, bazan ir, -ur kabi unsurlar qoʼshilib takror shaklda ishlatilganda, ularning maʼnolari kuchaytiriladi: taq+ir-tuq+ur, tas+ur-tus+ur, dup+ur-dup+ur.
  • Taqlid soʻzlar boshqa turkumlardan yasalmasa ham, biroq ular asosida ot va feʼl turkumiga doir sozlarni yasash mumkin:
  • qars+ak, bizbiz+ak, sharshar+a, gargar+a, jizz+a kabi otlar, taq+illa, duk+illa, lapang+la, milt+illa, taq etmoq, lik etmoq kabi fellar shular jumlasidandir.
  • Taqlid soʻzlar gapda, asosan hol va sifatlovchi aniqlovchi vazifalarini bajaradi. Bunda ular yetgan va yetib kabi soʻzlar bilan birikib kelishi ham mumkin.
  • Masalan: Sobir yaxna kok choyni qult-qult yutdi. Ormon boʼylab boltaning taq-taq etgan tovushi taralib sokinlikni buzardi. Simyogochga ilingan chiroq shamolda taq-taq etib ovoz chiqarardi.

Taqlid soʻzlar otlashganda ega, toldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi kabi vazifalar bajaradi. Masalan,

  • Taqlid soʻzlar otlashganda ega, toldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi kabi vazifalar bajaradi. Masalan,
  • ega: Bu yerdan toʻplarning gumbur-gumburi eshitilib turardi;
  • toldiruvch: Senlar bu yerda vagir-vugur bilan ovvorasanlar;
  • qaratqich aniqlovchi: Xolmurodning kirib kelishi quvnoq qiy-chuvning bosilishiga sabab boldi.

Adabiyotlar ro’yxati:

  • 1. U.Tursunov, N.Muxtorov, SH.Rahmatullaev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1992 yil.
  • 2. Sh. Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. II qism. Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti. 1980 yil.
  • 3. A.G’ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o’zbek adabiyoti. Sintaksis.
  • Toshkent. O’qituvchi nashriyoti. 1987 yil.
  • 4. O’zbek tilining imlo lug’ati. Toshkent. O’qituvchi. 1995 yil.

Download 300.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling