Название специальности или вид работы


Mis-kadmiyli keklarni yuvish


Download 74.18 Kb.
bet2/6
Sana22.06.2023
Hajmi74.18 Kb.
#1647373
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chiqazishga1

Mis-kadmiyli keklarni yuvish
Mis-kadmiyli keklar juda murakkab murakkab xom ashyo hisoblanadi.
Keklarni qayta ishlashda birinchi metallurgiya operatsiyasi erkin sulfat kislotasi boʻlgan eritmalar bilan yuvishdir. Kadmiy, mis va ruxning erishi quyidagi kimyoviy reaksiyalar boʻyicha amalga oshiriladi:

CdO + H2SO4 = CdSO4 + H2O,


Cd + H2SO4 = CdSO4 + H2,
Cu + H2SO4 = CuSO4 + H2,
Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2,
ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O.
Mis-kadmiy kekining tanlab eritilishi.
Mis-kadmiy keki tanlab eritish sexidan pulpa koʻrinishida № 1 quyuqlashtirgichiga yetkazib beriladi. Quyuqlashtirgichning diametri 12 m, channing chuqurligi 3 m. Quyuqlashtirgichning yuqori tomonidagi oqimi 15 g/l dan ortiq boʻlmagan tarkibda nasos yordamida tanlab eritish sexiga haydab boriladi. Pastki qatlam sigʻimi 50 m3 boʻlgan №1 repulpatorga haydaladi, keyin sigʻimi 70 m3 boʻlgan №3-8 pachuklarga oʻtkaziladi, u yerda tanlab eritilish amalga oshiriladi. Pachukga oldindan 20:25 m3 ishlatilgan rux yoki kadmiy elektroliti va 15:20 m3 sexning aylanma eritmasi yuboriladi. Olingan eritma doimiy ravishda siqilgan havo bilan aralashtiriladi va H2SO4 bilan 130-150 g/l massa kontsentratsiyasiga qadar kislotalanadi. Eritma oʻtkir bugʻ bilan 60-80°C gacha qizdiriladi. Pachuklarga har 30:40 daqiqada mis-kadmiy pulpasi 2:3 m3 dan haydab uzatib boriladi.
Tanlab eritish jarayonida har soatda mis ionlari va H2SO4 ning konsentratsiyasi aniqlab boriladi. Misning massa ulushi konsentratsiyasi 0,3-1,0 g/l va pH = 4,8- 5,2 boʻlganida tanlab eritish yakunlangan hisoblanadi. Pachuklardan pulpa №2 quyuqlashtirgichga quyib oʻtkaziladi, oʻsha yerga oʻz oqimi boʻyicha poliakrilamid eritmasi uzatiladi. Quyuqlashtirgichning yuqori oqimi birinchi sementatsiyaga № 5 va 6–agitatorlarga yuboriladi. №2 Quyuqlashtirgichning pastki oqimi 30-35 m3 №11,12 agitatorga yuboriladi, keyin agitatorga 60-70°C qizdirilishli 15-20 m3 miqdorda sanoat suvi qoʻshiladi, aralashtiriladi, keyin zichligi pH-2,5-3,0 ga yetkazilgunga qadar H2SO4 bilan kislotalanadi, tayyorlanganidan keyin eritmani 3-quyuqlashtirgichga oʻtkazamiz.
Cd + H2SO4 = CdSO4 + H2,
Cu + H2SO4 = CuSO4 + H2,
Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2

Download 74.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling