Название Viii-bo`lim. Onalik va bolalikni muhofaza qilish


Download 145.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana08.01.2022
Hajmi145.04 Kb.
#246510
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
3-Mavzu Bolaning o`sishi va rivojlanishi - Viii-bo`lim

Skoliozning oqibati:

1.Odam qad-qomati buziladi. 

2.O`pka, yurak faoliyati qiyinlashadi. 

3.Jismoniy ish bajarganda nafas qisadi, yurak o`ynaydi, tez charchaydi, jismoniy ish

bajarish imkoniyati pasayadi.

Skoliozni davolash: 1. Birinchi va ikkinchi darajali skoliozda davolash mashqlari

qo`llanadi.

2.Uchinchi darajali skoliozda travmatologiya shifoxonasining maxsus ortopedik bo`limida

gipeli krovatda yotadi, umurtqa pog`onasini qiyshaygan sohasiga maxsus korest kiyadi,

davolash mashqlari bilan shug`ullanadi, suvda o`tkaziladigan mashqlarning

samaradorligi yaxshi bo`ladi.

3.Skoliozning og`ir turida operatsiya yo`li bilan umurtqalar orasidagi disklar

(tog`aylar)ning egriliklari to`g`rilanadi.Shuningdek, popoinatsiya qilinadi (umurtqalar

orasidagi egrilangan disk (tog`ay)larga popain (ferment) in`yeksiya qilinadi).

Qad-qomatning noto`g`ri shakllanishi odam tashqi ko`rinishiga salbiy ta`sir

ko`rsatishidan tashqari, ichki a'zolar (o'pka, yurak, jigar, buyrak, me`da va ichak

kabilar)ning rivojlanishi va funksiyasini buzilishi va odam jismoniy ish bajarish imkonini

ma`lum darajada pasayishiga sabab bo`ladi.

Qad-qomat noto`g`ri shakllangan odam jismoniy mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va

sport bilan shug'ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi. 

Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish




kerak:

- bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda yotishga o'rgatish lozim, yostiq

pastroq bo'lishi kerak. To'shak qalin va juda yumshoq, yostiqning baland bo'lishi bola

umurtqa pog'onasining bo`yin, ko`krak, bel qismlaridagi egilishlarni miyoriga nisbatan

ortiq bo`lishiga olib keladi. 

- bolani olti oylik bo'lguncha o'tqazmaslik, o`n oylik bo`lgunicha oyog'ida uzoq vaqt tik

turg'azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog'onasi, oyoq suyaklari

egiluvchan bo'lganligi sababli, tana massasini ko'tara olmasdan, oyoqlari egrilanib qolishi

mumkin.Natijada bunday bola katta bo`lganida, uning oyoqlari “O” smon shaklda bo`ladi

(tik turganida ikki oyoq o`rtasida bo`shliq bo`ladi), yoki oyoqlari “X”smon shaklda

bo`ladi (tik turganida tizza bo`g`imlari bir-biriga tegib turadi, ammo son va boldir orasida

bo`shliq bo`ladi);

- 4 - 5 yoshgacha bo'lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt qo'lidan yetaklab yurmasligi

kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko'tarilishi tufayli, umurtqa pog'onasi

egrilanib qoladi;

- kichik yoshdagi bolalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari, uzoq vaqt bir joyda o'tirmasligi, tik

turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og'ir buyumlarni ko'tarmasligi, ayniqsa doim faqat

bir qo'lida ish bajarmasligi kerak. Bularning barchasi bolaning umurtqa pog'onasi va oyoq

suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomati buzilishiga sabab bo'ladi;

- bolalar bog`chada va maktabda bo'ylariga mos parta, stol-stulda o'ti rishi kerak. Uyda

dars tayyorlaganda, ovqatlanganda ham shu qoidaga amal qilish lozim;

- o'quvchilar parta, stol-stulda o'tirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi zarur:

- o'tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul (parta) suyanchig'iga suyanib tursin;

- oyoqlari tizza bo'g'imida to'g'ri burchak hosil qilib bukilsin;

- oyoq kaftining hamma yuzasi (tovoni va barmoqlari) polga baravar tegib tursin;

- ko'krak bilan parta qirrasi orasida 10 sm ga yaqin masofa bo'lsin (qo`l kafti kengligida);

- stol (parta) ustidagi kitob va daftar bilan ko`z orasidagi masofa bolaning ikki

qorachig`iga teng bo`lsin.Kattalarda bu masofa 40 sm bo`lishi kerak.

Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun ana shu yoshgacha

bo'lgan bolalar yuqorida ko'rsatilgan qoidalarga amal qilsalar, ularning qad-qomati to'g'ri,

chiroyli bo'lib shakllanadi.


Download 145.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling