Qad-qomatning shakllanishi.
Har bir odam tanasini o'zi odatlangan vaziyatda erkin tutishi qad-qomat deb ataladi.
Odamning qad-qomati uning skeleti, muskullari va asab tizimining rivojlanishiga bog'liq.
Qad-qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa pog'onasining normal rivojlanishi
muhim ahamiyatga ega. Normal holda umurtqa pog'onasi bo'yin va bel qismida bir oz
oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida bir oz orqaga egilgan bo'ladi.
Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo'lgan bolalarda bo'lmaydi. Bolaning tik turishi, yurishi,
boshini tik tutishi natijasida asta-sekin bu egilishlar hosil bo'ladi. Umurtqa pog'onasining
miyoridan ortiqcha egilishi, qad-qomatning noto'g'ri shakllanishiga sabab bo`ladi.
Qad-qomatning shakllanishida, umurtqa pog'onasidan tashqari ko'krak qafasi, oyoq va
chanoq suyaklari hamda tana muskullarining normal rivojlanishi ham muhim ahamiyatga
ega.
Qad-qomatning noto'g'ri shakllanishi bir necha xil bo'ladi: egilgan, lordoz, kifoz,
kekkaygan, skoliotik qad-qomat.
Do'stlaringiz bilan baham: |