O`pkaning tiriklik sig`imi.
O`pkaning tiriklik sig`imi spirometr asbobi yordamida aniqlanadi.Spirometr suvli va
havoli bo`ladi.
Jismoniy rivojlanish qanchalik yuqori darajada bo`lsa, o`pkaning tiriklik sig`imi shuncha
ko`p bo`ladi.Bu o`pkaga havoning ko`p miqdorda joylashuvini, ya`ni organizmning
kislorod bilan yuqori darajada ta`minlanishining ko`rsatgichi hisoblanadi.
Odam qanchalik sog`lom va jismoniy yaxshi chiniqqan bo`lsa, o`pkaning tiriklik sig`imi
shuncha ko`p bo`ladi.
Kichik yoshdagi bolalarda o`pkaning tiriklik sig`imini aniqlashni iloji yo`q, chunki yosh
bola spirometr naychasiga bor kuchi bilan puflay olmaydi.
8 yoshli o`g`il bola o`pkasining tiriklik sig`imi o`rtacha 1676 millilitr, 8 yoshli qiz bolaniki
o`rtacha 1474 ml.
- o`g`il bolaning 10 yoshida 2000 ml, qizlarda – 1900 ml
- o`g`il bolaning 15 yoshida 3000 ml, 17 yoshida -3500 ml
Do'stlaringiz bilan baham: |