Ko`krak qafasi aylanasi.
Lentaning yuqori qirasi oldindan o`g`il bolalarda ko`krak bez ustidan, qizlarda esa bez
ostidan o`rnatiladi.Orqadan lentaning yuqori qirrasi kuraklarning pastki uchi ostidan
o`tishi kerak.
Ko`krak qafasi aylanasi bola va o`smir jismoniy rivojlanishining muhim ko`rsatgichi
hisoblanadi.Chunki, ko`krak qafasi qanchalik yaxshi rivojlangan bo`lsa, uning
bo`shlig`ida joylashgan o`pkalar, yurak va yirik qon tomirlarining faoliyati shunchalik
yaxshi bo`ladi.
Chaqaloqning ko`krak qafasi aylanasi 32-34 sm, bola 1 yoshga to`lganda - 48 sm, 5 yoshda
- 55 sm, 10 yoshda-63 sm, 15 yoshda-75-78 sm bo`ladi.
Bola va o`smirning jismoniy rivojlanishi qancha yuqori darajada bo`lsa, ko`krak qafasi
aylanasi shunchalik katta bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |