Ndk va tu energo-mexanika fakulteti «Mashinasozlik texnologiyasi»


Download 10.81 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi10.81 Kb.
#1512337
Bog'liq
3. Очиқ дарс протоколи 1b



NDK va TU Energo-mexanika fakulteti
«Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasining
- sonli majlis bayonnomasidan
KO‘CHIRMA
Navoiy sh. «29» mart 2023 y.
Qatnashdilar: v.b. Kafedra mudiri v.b. prof. Mo‘minov R., v.b. prof. Egamberdiev I.P., dotsentlar Kulmuratov N.R., Manglieva J.X., Ataullaev A.O., Ro‘zibaev A.N., Jumaev A., Toirov M.Sh., Ravshanov J.R., Yaxshiev Sh.N., Oripov Z.B., Isaev D.T katta o‘qituvchilar Obitov N.M., assisentlar Ashurov X., Mamadiyarov A., Soxibov M., Xamraev N.N., Juraev D.D.
Taklif qilinganlardan NDPI dotsenti Shodiev F.D. kafedra professor-o’qituvchilari va boshqalar.
Kun tartibi: N.R. Kulmuratovning ochiq dars muhokamasi
«Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi mudiri dotsent v.b. R. Mo’minov kafedra dotsenti N.R. Kulmuratovning «Muxandislik va kompyuter grafikasi» fanidan «To‘g‘ri chiziqningi rtogortogonal proeksiyalari va invariant xossalari» mavzusida 13a,b-22 TJA guruhlarida o‘tgan ochiq darsi haqida ma’lumot berdi.
So‘zga chiqdilar: Mazkur masala yuzasidan NDPI dotsenti Shodiev F.D. dars haqida o‘z fikr muloxazalarini bildirib dars belgilangan vaqtda, davlat standartlari o‘quv rejasi va grafigiga mos ravishda amalga oshirilganligi, zaruriy hujjatlarning mavjudligi haqida gapirdi. Darsda yangi pedagogik texnologiya elementlaridan mavzuni yoritishda unumli foydalanganligi, slaydlardan o‘z o‘rnida foydalanganligini, talabalarni aktivligini ta’minlash uchun «AQLIY HUJUM» kabi usullardan foydalanganligini e’tirof etdilar. Darsda asosiy yetakchilik o‘qituvchi tomonidan bo‘lib, talabalar aktivligini oshirishga bosqichma-bosqich uzluksiz harakat qilindi. Prof. Egamberdiev I.P. yuqoridagi fikrlarni ma’qullab talabalarni darsdagi aktivligini yanada oshirish maqsadida mavzuni ishlab chiqarish bog‘lab o‘tilganligini etirof etdi.
QAROR QILINDI:
Muhokamadan so‘ng umuman olganda darsga qo‘yilgan maqsadga erishilganligini haqida xulosa qilindi.


Kafedra mudiri: Mo‘minov R.
Kotiba: Muqimova M.
OCHIQ DARSDAN LAVHALAR





Download 10.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling