Не удается отобразить рисунок. Не удается отобразить рисунок
Download 158.82 Kb. Pdf ko'rish
|
MIKROIQTISODIYOTDAN MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISH
Не удается отобразить рисунок. Не удается отобразить рисунок. Не удается отобразить рисунок. Не удается отобразить рисунок. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
IQTISODIYOT va TURIZM FAKULTETI
‘Iqtisodiyot’ KAFEDRASI
MUSTAQIL ISH
:
BAJARDI: GAFUROVA A.A
MAVZU: Elastiklik nazariyasini amaliyotda qo`llash REJA: 1.Elastiklik nazariyasining boshlang’ich talablari va gipotezalari 2. Asosiy farazlar. Tashqi kuchlar. Kuchlanish vektori 3. Koordinat o‘qlarini burganda kuchlanish tenzori komponentalarini almashtirish 1.Elastiklik nazariyasining boshlang’ich talablari va gipotezalari Inshootlarning mustahkamligini aniqlash haqidagi dastlabki ma’lumotlarni biz o’rta asrning buyuk olimi Leonardo da Vinchi qo’lyozmalarida uchratamiz (1452- 1519). Ammo, mustahkamlik nazariyasining asoschisi sifatida haqli ravishda buyuk Italiya olimi Ќalilio – Ќaliley (1564-1642) tan olingan. XVII-XVIII asrlarda asosan materiallar qarshiligi fani rivojlandi. Bu fanning rivojlanishiga Guk, Mariott, Yakov, Bernulli, Leonard Eyler, Kulon, Yung va boshqalar katta hissa qo’shdilar. Shunday qilib, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib materiallar qarshiligi fanining asosi yaratildi. Shu davrga kelib deformasiyalanuvchi fazoviy jismning umumiy nazariyasini yaratish zarurati tug’ildi. Bu masala bilan birinchi bo’lib, fransuz olimi Navye shug’ullandi. Navye 1821 yilda Parij fanlar akademiyasida deformasiyalanuvchi qattiq fazoviy jismning muvozanat tenglamasi mavzusidagi ma’ruzasi bilan elastiklik nazariyasi faniga asos soldi. Koshi, Lyame,
M.V.Ostrogradskiy singari olimlar ham elastiklik nazariyasini fan sifatida shakllanishida o’zlarining katta hissalarini qo’shdilar. Elastiklik nazariyasining keyingi (XIX asr) rivojlanishi rus olimi D.I.Juravskiy, fransuz olimi Sen-Venan, rus akademigi A.V.Gadolin, professor X.S.Golovin, fransuz olimi Bussineska, hamda Gers, F.K.Yasinskiy singari ko’plab olimlarning nomlari bilan bog’liq. XX asrning boshidan temir-beton xalq xo’jaligida keng qo’llanila boshlandi. Bu qurilishda yangi elementlarni kirib kelishiga va keng qo’llanilishiga sabab bo’ldi. Jumladan: plitalar, to’sinsiz qoplamalar, qobiqlar va sh.o’. Bu, olimlar oldiga bunday elementlarni hisoblash usullarini ishlab chiqish muammosini ko’ndalang qilib qo’ydi. V- avval olgan bilimiga to’g’ri keladi. + - yangi ma’lumot -- - olgan bilimiga qarama- qarshi ? – tushunarsiz (aniqlanishi zarur bo’lgan ma’lumotlar) 17 Rus olimlaridan: I.G.Bubnov, B.G.Galerkin, P.F.Papkovich, M.M.Filonenko-Borodich, G.V.Kolosov, N.I.Musxalishvili, S.P.Timoshenko, L.S.Leybenzon va o’zbek olimlaridan: X.A.Raxmatullin, M.T.¡razboyevlar bu masalalarni muvaffaqiyatli hal qilishda o’zlarining katta hissalarini qo’shdilar. Elastiklik nazariyasining boshlang’ich talablari va gipotezalari Elastiklik nazariyasi har qanday talablar va gipotezalardan ozod desak to’g’ri bo’lmas edi. Elastiklik nazariyasida jismlar atomlarning murakkab tuzilishidan tashkil topganligi hisobga olinmaydi. Murakkab strukturali haqiqiy jism, bir jinsli jism bilan almashtiriladi. Elastiklik nazariyasida Sen-Venan prinsipi keng qo’llaniladi. Sen-Venanning prinsipiga asosan tashqi yuk qo’yilgan yeridan ma’lum uzoqlikdagi nuqtalarda kuchlanish yukning qanday qo’yilganiga yoki tabiatiga bog’liq emas. Elastiklik nazariyasining talablaridan yana biri, bu elastik jismning tutashligi haqidagi farazdir. Bu holda elastik jism hajmi bo’ylab uzluksiz deb tasavvur etiladi. Elastiklik nazariyasida deformasiyalanuvchi jism sof elastik deb hisoblanadi, ya’ni tashqi yuk olingandan so’ng jism o’zining boshlang’ich holatiga to’liq qaytadi deb tasavvur etiladi. Elastiklik nazariyasining barcha amallari kuchlanish bilan deformasiya orasidagi to’g’ri proporsionallikka, ya’ni Guk qonuniga asoslangan. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, umuman olganda kuchlanish bilan deformasiya orasidagi o’zaro bog’lanish to’g’ri proporsional emas. Lekin kichik kuchlanish va kichik deformasiya holatlarida ular orasidagi bog’lanishni chiziqli, ya’ni to’g’ri proporsional deb olinsa, katta xatoga yo’l qo’yilmaydi. Elastiklik nazariyasida qaralayotgan jism sof bir jinsli, ya’ni jismning istalgan nuqtasining ma’lum yo’nalishlar bo’yicha fizik xususiyatlari bir xil deb tasavvur etiladi. Elastik jism bir xil xususiyatli (izotropnыy) va har xil xususiyatli (anizotropnыy) bo’lishi mumkin. Bir xil xususiyatli elastik jism deb shunday jismga aytiladiki, bu jism istalgan nuqtasining elastiklik xususiyatlari barcha yo’nalishlarida bir xil bo’ladi. Ќar xil xususiyatli elastik jism deb shunday jismga aytiladiki, bu jismning elastiklik xususiyatlari barcha nuqtalarda bir xil bo’lib yo’nalishlar bo’yicha har xil bo’ladi. Biz elastiklik nazariyasi kursida bir xil xususiyatli (izotropnыy) va bir jinsli (odnorodnыy) jismlar bilan ish ko’ramiz. Elastik jism deformasiyalanganda nuqtalarining ko’chishi jism o’lchamlariga nisbatan juda kichik deb qabul qilinadi. Ms Bulardan boshqa fan rivojiga o’z hissasini qo’shgan yana qaysi olimlarni bilasiz? Mv Sharq va G’arb olimlarining elastiklik nazariyasi faniga qo’shgan hissalari to’g’risida to’laroq ma’lumotga qanday ega bo’lish mumkin ?
Download 158.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling