Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan
-cyemestr XODIMLAR FAOLIYATIGA DOIR HUJJATLAR
Download 224.01 Kb.
|
DTIY majmua
7-cyemestr
XODIMLAR FAOLIYATIGA DOIR HUJJATLAR 1 MEHNAT DAFTARCHASI O‘zR Mehnat kodeksiga binoan, mehnat daftarchasi xo dimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. Ish beruvchi korxona besh kundan ortiq ishlagan barcha xo dimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno. Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘t kazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga ko‘ra, mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi (81modda). Ishga kiruvchi har bir xodim ma’muriyatga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnat daftarchasini topshi rishga majburdir (mehnat daftarchasisiz ishga qabul qi linmaydi). Birinchi bor ishga qabul qilinayotganlar uchun ular ishga qabul qilingan kundan boshlab bir hafta ichida yangi mehnat daftarchasi to‘ldiriladi. Mehnat daftarchasidagi barcha yozuvlar kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar bilan aynan mos kelishi kerak. Mehnat daftarchasida tuzatishlarga, qo‘lda ustidan yozib qo‘ yish yoki o‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Basharti ayrim tuzatish lar qilishga to‘g‘ri kelsa, bu holat «tuzatish to‘g‘ri»so‘zi bi lan qayd qilinib, imzo va muhr bilan tasdiqlanadi. Mehnat daftarchasining birinchi sahifasida (sarva rag‘ida) uning egasi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar (fa miliyasi, ismi, otaismi, tug‘ilgan sanasi, ma’lumoti, kasbi, ixtisosligi) ko‘rsatiladi. Familiyasi o‘zgarganda, ma’lu moti oshganda va shu kabilarda so‘nggi ish joyida mehnat daftarchasiga kerakli o‘zgartirishlar kiritiladi. Mehnat daftarchasining «Ishi to‘ g‘r isida ma’lu motlar » bo‘limida muassasaning to‘liq nomi sarlavha tarzida ko‘rsatiladi. So‘ng ishga qabul qilish to‘g‘risida, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risi da ma’lumotlar yoziladi. Xodim qabul qilingan yoki o‘tka zilgan ish yoki lavozimi nomi, uzluksiz mehnat stajining tiklanishi va saqlanishi to‘g‘risidagi yozuvlar qayd qili nadi. Basharti ish davomida ishchiga yangi malaka darajasi berilsa, bu haqda ham tegishli yozuv qayd etiladi. Mehnat daftarchasining «Mukofotlar to‘g‘risidagi ma ’ l u m o tl a r » bo‘limida tegishli farmonlar asosida orden lar va medallar bilan mukofotlash, faxriy unvonlar va dav lat mukofotlari berish to‘g‘risidagi, yuqori tashkilotlar to monidan ko‘krakka taqiladigan nishonlar, diplomlar, faxriy yorliqlar berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi. «Rag‘batlantirish to‘g‘risida ma’lumotlar» bo‘limida quyidagi ma’lumotlar yoziladi: ichki mehnat tartibqoidalari va intizom ustavlarida ko‘zda tug‘ilgan ishdagi muvaffaqiyatlar uchun rag‘batlantirishlar (tashak kur e’lon qilish, mukofot berish, qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash va boshqalar); amaldagi qonunlarga muvofiq boshqa rag‘batlantirishlar; diplomlarga sazovor bo‘lgan kashfiyotlar to‘g‘risida, foydalanilgan ixtirolar va rasionalizatorlik takliflari va shu munosabat bilan to‘langan pul mukofotlari to‘g‘risida. Ish haqi tizimida ko‘zda tutilgan mukofotlar, shuningdek, muntazam berib boriladigan mukofotlar mehnat daftarchasiga kiritilmay di. Tanbehlar ham mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Mehnat daftarchasining so‘nggi, «Nafaqa tayinlash to‘g‘risida ma’lumotlar » bo‘limida xodimga nafaqa tayinlash haqi dagi buyruq ko‘chirmasi, sanasi ko‘rsatilgan holda yoziladi. Xodim ishdan bo‘shatilganda, muayyan tashkilotda ishla gan vaqtida mehnat daftarchasiga kiritilgan barcha yozuvlar Xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar 395 rahbar (yoki uning maxsus vakolatiga ega bo‘lgan shaxs) imzo si bilan tasdiqlanadi va muhr bosiladi. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ma’muriyat (ish beruvchi) xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart (O‘zR Mehnat kodeksi, 108modda). Mehnat daftarchasining biror bo‘limidagi sahifalar to‘lib qolgan hollarda ular orasiga suqma varaq qo‘yiladi. Mehnat daftarchasi bir marta beriladi. Basharti u yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan bo‘lsa, uning ega siga mehnat daftarchasining ikkinchi nusxasi (dublika ti) beriladi. Bunday holda yaroqsiz bo‘lib qolgan mehnat daftarchasining birinchi sahifasiga «O‘rniga ikkinchi nusxa berildi»deb yozib qo‘yiladi, daftarcha esa egasiga qaytariladi. Mehnat daftarchalari ishxonalarda maxsus temir ja vonlarda saqlanadi. 335–337betlarda «Mehnat daftarchasi» sahifalari shakli va uni to‘ldirish namunasi berildi. MEHNAT DAFTARCHASI FamiliyasiBoboyeva IsmiZulfiya OtaismiNurmatovna Tug‘ilgan vaqti1988. 09. 04 (yil, kun, oy) Ma’lumotio‘rta (to‘liqsiz o‘rta, o‘rta, oliy) Kasbi, mutaxassisligisotuvchi To‘ldirilgan vaqti2019 y. «16» avgust Daftarcha egasining imzosi ________________ (imzo) ___________ Mehnat daftarchasini berishga Muhr o‘rni mas’ul shaxsning imzosi ________________ (imzo) Download 224.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling